So’nggi yangiliklar

17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0 13:35Жейк Пол: "WBA ва WBC мени рейтингга киритиш устида ишламоқда" 0 13:14ХОҚ Лос-Анжелес-2028 Олимпиадасидан ўрин олган спорт турлари дастурини расман тасдиқлади. Океан ортидаги ўйинлар учун 6 та янги спорт тури қўшилди 0 12:53Бугун Асламжон Ортиқов Таиландда жанг қилади 0 12:32Тео Эрнандеснинг “Ал Ҳилол“да қанча маош олиши маълум 0

12 fev 10:51
Yangiliklar

Boks/MMA

Bektemir va Elnurning jangiga oz qolmoqda. O'zbekistonlik murabbiy va bokschilarimiz janglar haqida qanday fikrda?

Xabaringiz bor, 13 fevral (Bizning vaqt bilan 14 fevral tongi) kuni ikki nafar bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev (Morgan Fitch) va Elnur Abduraimov (Deivi Julio) professional boksda navbatdagi jangini o'tkazishadi.

Olamsport.com sayti muhbiri boks bo'yicha terma jamoa murabbiyi, taniqli charm qo'lqop ustalarimiz hamyurtlarimizning jangi haqida qanday fikrda ekanligiga qiziqdik. 


Farruh Qilichev - boks bo'yicha terma jamoa murabbiyi: “Bektemir haqida gapiradigan bo'lsak - u hozir juda yaxshi sport formasida, buni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirayotgan mashg'ulot jarayonlaridan ham bilsak bo'ladi. Murabbiy sifatida Meliqo'ziev eng yuqori sport formasiga chiqqan desam ham adashmagan bo'laman. Jangda yaqqol ustunlik qiladi, 2-raund, uzog'i bilan 4-raundda raqibini nokautga uchratadi. 

Elnur haqida ham yuqoridagi fikrlarni bildirishim mumkin. Uni ham mashg'ulotlarini internet orqali kuzatib boryapmiz. U ham 4-raundda jangni o'z foydasiga hal qiladi. In SHaa Alloh, har ikki bokschimiz nokaut bilan g'alaba qozonadi”.


Odiljon Aslanov - terma jamoa azosi: “Biz O'zbekiston bokschilariga raqib kimligining ahamiyati yo'q. CHunki bizni doimo duo qilib, qo'llab-quvvatlaydigan xalqimiz bor. Biz vakillarimizga ishonamiz, duo qilamiz, ularga muxlislik qilamiz. Nasib qilsa, ular albatta g'alaba bilan bizni xursand qiladilar”.


Qudratillo Abduqahhorov - professional bokschi: “Elnur ham Bektemir ham nokaut bilan g'alaba qozonadi. Men bunga ishonaman. CHunki ular chapaqay. CHapaqaylarda raqibning jigar qismiga urish juda qulay. Bu bokschilarimizning eng katta ustun jihati hisoblanadi”.


Iqboljon Xoldorov - terma jamoa azosi: “To'g'risini aytsam, Bektemir va Elnur akani raqiblarini u qadar yaxshi bilmayman. SHuning uchun aniq biror gap aytolmayman. Ular jangga yaxshi tayyorgarlik ko'rishdi. Har ikki bokschimiz o'z foydalariga jangni muddatidan oldin yakunlashadi”.


Bobousmon Baturov - terma jamoa azosi: "Katta ehtimol bilan hamyurtlarimiz jangni oxiriga etkazmay g'alabaga erishadilar. Yana ham bu - boks. Bitta zarba hammasini hal qilib qo'yishi mumkin. Jangni Bektemir 1 yoki 2-raund, Elnur esa 3-4-raundgacha olib borishadi deb o'ylayman”.


Rustam To'laganov - professional bokschi:  "Har ikki bokschimizning shu paytgacha bo'lgan faoliyatiga qaraydigan bo'lsak, janglar 5-raundgacha ham bormasa kerak deb o'ylayman. CHunki bizning bokschilar yosh va juda kuchli. Raqiblarining imkoniyatlariga katta baho bermagan bo'lardim".

Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing