So’nggi yangiliklar

19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0

09 dek 18:47
Yangiliklar

Boks/MMA

Bekzod Xidirov yakuniga etgan O'zbekiston kubogi, yangi nom va rejalar haqida gapirdi

Teglar :  BoksBekzod Xidirov
Xabar berganimizdek, 2005-2006 yillarda tug'ilgan bokschilar o'rtasida O'zbekiston kubogi bahslari o'z yakuniga etdi.

O'smirlar terma jamoasi katta murabbiyi Bekzod Xidirov O'zbekiston kubogidagi janglar va kelgusi rejalar haqida gapirdi.

«Ko'rdikki, musobaqa ishtirokchilari yaxshi sport formasida ekan. Bu bokschilar oktyabr oyida "Universal" sport saroyi mezbonligida o'tgan o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida ham ishtirok etishgan edi. Kubok bahslari orqali esa o'z mahoratlarini yana bir bor oshirib olishdi.  Ishonamanki, mana shu turnirlar orqali biz saralab olgan yosh charm qo'lqop ustalari kelajakda Olimpiada, Jahon chempionlari bo'lib etishadi. Kubok bahslarida -42 kg vaznda ishtirok etgan Nodir Ergashevni o'zim uchun kashf qildim deb ayta olaman. Juda ham iqtidorli sportchi ekan. -63 kg vaznda namangalik bokschi ham menda yaxshi taassurot qoldirdi. 

Dekabr oyi o'rtalarida SHarja shahrida xalqaro o'quv-yig'in mashg'ulotini o'tkazishni rejalashtirganmiz. Bu kabi xalqaro o'quv-yig'in mashg'uloti keyingi yil bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati va xalqaro turnirlarga tayyorgarlikda yosh bokschilar uchun ruhiy tomonlama muhim ahamiyat kasb etadi. Undan keyingi o'quv-yig'in mashg'ulotlarimiz yanvar oyida Toshkent viloyatidagi "Yangiobod" bazasida bo'lib o'tadi» - dedi Bekzod Xidirov.

Xurshida Abdikulova, Sarvinoz Raxmonqulova suhbatlashdi


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing