So’nggi yangiliklar

12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0

22 iyu 13:42
Yangiliklar

Futbol

O'FF Ijroiya qo'mitasi: Yangi mavsum sovrindorlari katta miqdordagi pulga ega bo'lishadi

O'zbekiston futzal federaciyasi Ijroiya qo'mitasining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishni O'FF prezidenti Bekzod Mamatqulov kirish so'zi bilan ochdi va olib bordi. 

Yig'ilish raisi B.Mamatqulov Ijroiya qo'mita azolariga O'FF ishchi guruhi yaqinda vodiy viloyatlarida safarda bo'lib, joylarda futzalni rivojlantirishga berilayotgan etibor, viloyat futzal jamoalariga yaratilgan shart-sharoitlar o'rganilgani haqida malumot berdi. Mamlakat milliy chempionatini yanada yuqori saviyada tashkil etish, sportning futzal turini yurtimizda keng ommalashtirish maqsadida yangi mavsum musobaqalarini zamonaviy infratuzilmaga ega inshootlarda o'tkazish, teletranslyaciyalar soni va sifatini oshirish, klublarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash singari muhim takliflarni ilgari surdi

Ijroiya qo'mita qaroriga muvofiq 2025/2026-yilgi mavsumda Oliy liga ishtirokchilari soni 12 ta jamoa etib belgilandi

Ayni kunlarda Jizzax shahrida bo'lib o'tayotgan Oliy liga o'tish musobaqasi g'olibi 2025/2026-yilgi mavsumda faoliyatini tugatgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi o'rnini egallaydi.

O'tish musobaqasida ikkinchi o'rinni egallagan jamoa so'nggi chempionatda oxirgi pog'onani band etgan “Paxtakor” jamoasiga qarshi joriy yilning 12 iyul kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan saralash uchrashuvida kuch sinashadi. Mazkur bahsda Oliy liganing so'nggi – 12-jamoasi nomiga oydinlik kiritiladi.

Oliy liga jamoalari joriy yilning 15 avgust sanasiga qadar chempionatda ishtirok etishi bo'yicha ariza, kafolat xati, qarzdorligi (murabbiylar, futzalchilar oylik va mukofot pullaridan) mavjud emasligi bo'yicha malumot berishi, talabnoma (zayavka) taqdim etishi lozim. O'FFning mazkur talablarini bajarmagan klublar o'rnini o'tish turnirida navbatdagi o'rnini egallagan jamoasi qabul qilinadi.

2025/2026-yilgi yangi mavsum joriy yilning avgust oyi so'nggi o'n kunligida mamlakat Superkubogi musobaqasi bilan ochiladi. Unda o'tgan mavsum chempioni hamda mamlakat kubogining finalchisi o'zaro kuch sinashadi.

Sentyabr oyining birinchi o'n kunligidan 2025/2026-yilgi mamlakat milliy chempionati Oliy liga musobaqasiga start beriladi.

2025/2026-yilgi mavsumning birinchi liga musobaqasi joriy yilning dekabr oyida o'tkazilishi belgilandi. Mamlakat birinchiligi qatnashchilari soni ichki nizom va talablarda aniq ko'rsatib o'tiladi.

Mamlakat milliy chempionatining barcha uchrashuvlari qiziqarli o'tishi, sovrinli o'rinlar uchun kurash sog'lom raqobat muhiti ostida, keskin, murosasiz kechishini taminlash maqsadida mavsum yakunlariga ko'ra pul mukofotlari tasis etildi. Unga muvofiq boshlanishi rejalashtirilgan mavsum milliy chempionatda

birinchi o'rinni egallagan jamoaga – 500 000 000;

ikkinchi o'rinni egallagan jamoaga – 350 000 000;

uchinchi o'rinni egallagan jamoaga – 200 000 000 so'm pul mukofoti topshirilishi belgilandi.

SHuningdek, turli yo'nalishlar bo'yicha mavsum laureatlari aniqlanib, tegishli nominaciyalar bo'yicha g'oliblar qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanishi belgilandi.

2025/2026-yilgi mavsum oldidan mamlakatimiz futbol-futzal jamoatchiligi uchun katta brifing tashkil etilishi rejalashtirilgan.

SHuning bilan O'zbekiston futzal federaciyasi Ijroiya qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi o'z ishini yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing