So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

12 sen 09:08
Yangiliklar

Sport kurashlari

Berdimuratov finalda, Ortiqboev jahon chempionati sovrindori!

Serbiya poytaxti Belgrad shahrida sport kurashlari bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda.

Dunyo birinchiligi yunon-rum kurashi bahslari bilan boshlangan edi. Hamyurtimiz Jasurbek Ortiqboev jahon chempionatining bronza medalini qo'lga kiritdi. 55 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan vakilimiz bronza medali uchun kechgan bellashuvda qozog'istonlik Amangali Bekbolatovdan 9-5 hisobida ustun keldi. 

Quvonarlisi, 82 kg vaznda kurashgan Jalgasbay Berdimuratov bugun jahon chempionatining oltin medali uchun gilamga chiqish huquqini qo'lga kiritdi. Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi, Islom birdamligi o'yinlari g'olibi ilk davrada qozog'istonlik Dias Kalen, 1/8 finalda xitoylik Vong CHengvu, 1/4 finalda ozarbayjonlik Rafig Huseynov, 1/2 finalda esa vengriyalik Tamash Levaini mag'lubiyatga uchratdi. Bugun Berdimuratov jahon chempionligi uchun kechadigan final bahsida turkiyalik Burxan Akbudakka qarshi gilamga chiqadi.     

Hamyurtlarimizdan 63 kg vaznda kurashgan To'rabek Tirkashev ilk davradayoq xorvatiyalik Ivan Lizatovichsha 1-8, 67 kg vazndagi Abror Atabaev 1/8 finalda gruziyalik Joni Xecurianiga 1-4, 72 kg vaznda gilamga chiqqan Mirzobek Rahmatov ilk bosqichda finlyandiyalik Lisakki Lipastiga, Aram Vardanyan (77 kg) koreyalik Xyun Vu Kimga 0-6, Nurbek Xoshimbekov (87 kg) birinchi davrada bolgariyalik Yoan Dimitrovga 0-5, Rustam Assakalov (97 kg) 1/4 finalda eronlik Abdulloh Saraviga 0-7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing