21 iyu 11:01
Yangiliklar

Abdullo Aliev va Jalgasbay Berdimuratov Budapesht reyting turniri sovrindori!
Ushbu nufuzli musobaqada faqat yunon-rum kurashi bo'yicha terma jamoamiz azolari ishtirok etishdi.
Yakunda 72 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Abdullo Aliev musobaqada kumush, 82 kg vaznli Jalgasbay Berdimuratov esa bronza medaliga ega chiqdi.
U-20 va U-23 yosh toifalarida Osiyo chempioni, kattalar o'rtasidagi qita birinchiligining vice-chempioni hisoblangan Aliev turnirning hal qiluvchi bahsida Gruziya vakili, Evropa chempionati sovrindori Yuri Lomadze bilan to'qnash kelib, 2:8 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Jalgasbay Berdimuratov esa uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda rossiyalik Rafael Yunusovni 2:1 hisobida taslim etdi.
SHu tariqa, yunon-rum kurashchilarimiz Budapesht reyting turnirini 2 ta medal bilan (1 ta kumush va 1 ta bronza) yakunlashdi.
Fikrlar