26 mar 10:21
Yangiliklar
Sport kurashlari

Osiyo chempionati. To'rt yunon-rum kurashchimiz shohsupada, uch nafari qita chempioni bo'ldi
Xabar berganimizdek, kecha Iordaniyaning Amman shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasida qita chempionati start oldi.
Musobaqaning ilk kuni doirasida besh nafar yunon-rum kurashchilarimiz gilamga chiqdi. Yakunda Rustam Assakalovning to'rt nafar shogirdi shohsupadan joy oldi.
Oltin:
Aytjan Xalmaxanov (-63 kg)
Aram Vardanyan (-77 kg)
Jalgasbay Berdimuratov (-87 kg).
Bronza:
Ixtiyor Botirov (-55 kg).
Yana bir vakilimiz — Temurbek Nasimov (-130 kg) esa bronza medali uchun kechgan bahsda raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bugun bellashuvlar davom ettiriladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar