So’nggi yangiliklar

20:11Ўзбекистон Осиё чемпионати 1/2 финалига чиқиш баробарида Жаҳон чемпионати йўлланмасини ҳам қўлга киритди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:43Тоғли Дукентда машғулотлар жадал суратда давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:22Миллий терма жамоамиз Мужу Гран-При Челленжерида иштирок этади 0 18:01Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади? 0 17:40Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов яна очко олди 0 17:19Спорт вазири ўринбосари "Содиқ хизматлари учун" медали билан тақдирланди 0 16:58Нурсултон Рўзибоев Хамзат Чимаевнинг жамоасидаги машғулотлари ҳақида гапирди 0 16:37Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади 0 16:16Рамазон Темировнинг укаси ATFC турнирида жанг қилади 0 15:55Чунгвон Чой Бутунжаҳон таэквондо федерацияси Президентлигига ягона даъвогар сифатида кўрсатилди 0 15:34LFA билан шартнома имзолаган Азизбек Темиров кейинги жангини Тошкентда ўтказади 0 15:13Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди 0 14:52Исроил Мадримов: "Баҳона йўқ, ўша куни Ортис кучлироқ бўлганди" 0 14:31Бутунжаҳон ўсмирлар Олимпиадасида муваффақиятли иштирок этган шахматчиларимиз муносиб кутиб олинди 0 14:10IBF чемпиони Опетая оғир вазнга ўтиши мумкин 0

11 avg 08:06
Yangiliklar

Boks/MMA

Birozdan so'ng Guido Kavaleri ishtirokida seminar boshlanadi

Teglar :  Guido Kavaleri
Xabaringiz bor, 13 avgust kuni poytaxtimizdagi "Humo" arena saroyida 2022 yilning eng yorqin oqshomi bo'lishi kutilayotgan professional boks kechasi o'tkaziladi.

Yaqindagina Butunjahon boks ittifoqi (WBC)ning rasman to'laqonli azosiga aylangan O'zbekiston professional boks federaciyasi turnirga o'z hissasini qo'shish maqsadida italiyalik taniqli referi Guido Kavalerini yurtimizga taklif qilgandi.

Birozdan so'ng poytaxtimizdagi "Hilton" mehmonxonasida uning ishtirokida referilar uchun seminar boshlanadi. Ikki kunlik semirnar yakunida hakamlar imtihondan o'tishadi. Undan muvaffaqiyatli o'tib olgan referilarga WBC tomonidan maxsus sertifikatlar topshiriladi. O'zbekistondan jami 22 nafar referi ushbu seminarda qatnashadi. 

Malumot uchun, Guido Kavaleri referilik faoliyatini 1981 yilda havaskor boks janglarida hakamlik qilish bilan boshlagan. 1983 yildan professional janglarda ham parallel ravishda referilik qilgan. 1993 yildan esa faqat prof ring hakamligiga o'tgan. 1998 yilda xalqaro EBU WBO, 1999 yilda esa xalqaro EBU WBC hakami darajasini olgan. 

Havaskor boksda 1500, professional ringda esa 500 dan ziyod janglarda hakamlik qilgan. Milliy, xalqaro va jahon chempionatlari doirasida umumiy hisobda 350 ga yaqin chempionlik janglari referisi bo'lgan. 

2010-2014 yillar oralig'ida Italiya boks federaciyasi (Lombardiya) hakamlar qo'mitasi rahbari lavozimida ishlagan. So'nggi yillarda xalqaro toifadagi hakam va referilarni tayyorlash ishlariga masul, yani ularga turli darajadagi seminarlar o'tkazib kelyapti.

Hozirda Swiss Boxing, European Boxing Union, World Boxing Council, Nyu-York shtati Atletik komissiyasi, Nyu-Jersi shtati Sport nazorat uyushmasi, Nevada shtati Atletik komissiyasi kabi nufuzli tashkilotlarning to'laqonli azosi hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing