So’nggi yangiliklar

17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0 13:35Жейк Пол: "WBA ва WBC мени рейтингга киритиш устида ишламоқда" 0 13:14ХОҚ Лос-Анжелес-2028 Олимпиадасидан ўрин олган спорт турлари дастурини расман тасдиқлади. Океан ортидаги ўйинлар учун 6 та янги спорт тури қўшилди 0 12:53Бугун Асламжон Ортиқов Таиландда жанг қилади 0

14 noy 14:47
Yangiliklar

Velosport

Bosh vazir o'rinbosari piyodalar yurishi uchun mo'ljallangan yo'laklar ahvolini tanqid qildi

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Aziz Abduhakimov yurtimizdagi shaharlar piyoda va velosipedda yurish uchun juda noqulay ekanligi haqida to'xtalib o'tdi.

«Velosipedda yuraman desangiz, har o'n metrda yo ariq uchraydi, yo yo'l buzilgan bo'ladi, yo zina chiqib qoladi».

Kun.uz muxbirining malum qilishicha, Toshkentda viloyat hokimlarining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosarlari uchun tashkil etilgan o'quv-seminarining ochilishida bosh vazir o'rinbosari Aziz Abduhakimov ham ishtirok etgan.

Aziz Abduhakimov o'z so'zida mazkur o'quv jarayoni respublikada turizm va sportni rivojlantirishda hamkorlik qilish hamda o'zaro tajriba almashishda foydali bo'lishini aytib, echimini kutayotgan ayrim kamchiliklarga ham to'xtalgan. Xususan, ko'chalardagi piyoda va veloyo'laklar qoniqarsiz ahvolda ekaniga alohida urg'u berdi.

«Yoshlarimiz, boshqa katta yoshli aholimiz ham jismoniy mashg'ulot bilan shug'ullangisi keladi. Lekin joy yo'q. O'zimning misolimda aytadigan bo'lsam, bir nechta viloyat rahbarlari bilan ko'chalarda yurib ko'rdik. Uzoq bir qishloqni aytmayapman, yirik shaharlarimizdagi holat ham yurib bo'lmaydigan darajada. Na yugursa bo'ladi, na velosipedda yursa. Belgilangan yo'l belgilari yo'q. Velosipedda yuraman desangiz, har o'n metrda yo ariq uchraydi, yo yo'l buzilgan bo'ladi, yo zina chiqib qoladi va hokazo.

Samarqandni misol qilsak, viloyat hokimi shahar va tuman rahbarlari bir hafta ko'chalarni piyoda aylansin, deb qaror chiqardi. Nimaga viloyat hokimi shunaqa qaror qildi? Negaki, kattakon rahbarlar mashinada yuraversa, oddiy odamlarimiz, fuqarolar piyoda yurayotgan yo'laklar yoki veloyo'laklar qanaqa holatda ekanini bilmaydi.», – dedi bosh vazir o'rinbosari o'z so'zida.

Avvalroq, Aziz Abduhakimov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahridagi veloyo'lakchalarni ko'zdan kechirgan edi.

Prezident farmoniga asosan, 2021 yil 1 mayga qadar O'zbekiston shaharlari va har bir tuman markazida piyoda va velosipedda yurish uchun «Salomatlik yo'laklari» quriladi. Bu yo'laklar umumiy uzunligi 3–5 km bo'lib, o'zaro uzviy bog'liq bo'ladi. Ularga energotejamkor, harakat sensorlari bilan jihozlangan yoritish tizimlari o'rnatiladi. Yo'laklar boshlanishi, oralig'i va yakunini ko'rsatuvchi yo'l belgilari va yorug'lik qaytaruvchilar bilan to'liq taminlanadi. Bunda nogironligi bo'lgan shaxslar uchun qulayliklar yaratish ham ko'zda tutilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing