So’nggi yangiliklar

08:40Порье Махачевнинг UFC’даги имкониятлари ҳақида гапирди 0 08:17"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади 0 19:01UFC Гавайи оролларида турнир ташкил қиладими? — Дана Уайт жавоб берди 0 18:39Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэнинг техник имкониятларига баҳо берди 0 18:18Турки аш Шайх боксда пуллик трансляцияларни бекор қилишини айтди 0 17:54Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин 0 17:27Усик реваншда Дюбуани нокаут қилиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 17:01Двалишвили: "Мен UFC’даги ягона америкалик чемпионман" 0 16:38Холмурод Нурматов ACA Лигаси рейтингида кўтарилди 0 16:16Терма жамоага хорижлик мураббий керакми? 0 15:54Даррен Тилл Тони Фергюсон билан бир кардда Люк Рокхолд билан жанг қилади 0 15:25Универсиада-2025: Элдорбек Усмонов Ўзбекистон рекордини янгилади 0 15:01ONE FC. Бугун Авазбек Холмирзаев навбатдаги жангини ўтказади 0 14:39"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди (ФОТО) 0 14:18Универсиада-2025: Бугун олти нафар ўзбекистонлик спортчиларга мухлислик қиламиз 0

21 dek 10:32
Yangiliklar

Boshqalar

Boyovutda rekordlarga boy bahodirlar o'yini va tosh ko'tarish musobaqasi o'tkazildi

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi bolalar o'smirlar sport maktabida sportning bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish turi bo'yicha O'zbekiston kubogi o'tkazildi.

Musoboqada viloyatlardan jami 300 nafar sportchi ishtirok etdi. Bahslar qizg'in kechdi. Surxondaryolik polvon Dilmurod Qurbonov umumiy hisobda 64 ochko to'plab O'zbekiston rekordini o'rnatdi va 1-o'rinni, Toshkent shahrilik polvon Avazbek Haydarov 2-o'rinni, Andijon viloyatidan ishtirok etgan Otabek Asqarov va farg'onalik Bekzod Xudoyqulov 3-o'rinlarni egalladi.

Yosh polvonlar o'rtasida o'tkazilgan bahslarda ham g'oliblar aniqlandi. Unda Toshkent shahri sharafini himoya qilgan Nuriddin Ergashev 56 ochko to'plab, O'zbekiston rekordini o'rnatdi va 1-o'rinni, andijonlik SHodilbek Ergashev 2-o'rinni, sirdaryolik Javohir Qurbonov va buxorolik Siroj Qilichev 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

Musobaqaning ikkinchi kuni tosh ko'tarish bo'yicha sportchilar nizomda belgilangan vaznlar bo'yicha yoshlar, o'smirlar kattalar, fahriylar va imkoniyati cheklangan sportchilar bahslashdi. Umumjamoa hisobida 1-o'rinni Sirdaryo viloyati sportchilari, 2-o'rinni Andijon viloyati sportchilari, 3-o'rinni esa Toshkent viloyati sportchilari egalladi.

Musobaqa g'olib va sovrindorlari rag'batlantirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing