18 iyu 15:01
Yangiliklar
Boks/MMA

ONE FC. Bugun Avazbek Xolmirzaev navbatdagi jangini o'tkazadi
Tailandning Bangkok shahrida MMA, kikboks va muay-tay bo'yicha ONE Friday Fights 116 turniri o'tkaziladi.
Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida o'zbekistonlik taniqli MMA jangchisi Avazbek Xolmirzaev navbatdagi jangini o'tkazadi.
Unga Yaponiya vakili Tatsumisu Vada raqiblik qiladi.
Vada o'zbekistonlik sportchilar uchun begona emas. U joriy yilning yanvar oyida boshqa bir hamyurtimiz — Sanjar Zokirov bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgandi.
Takidlash joiz, Avazbek Xolmirzaev faoliyati davomida 14 ta jang o'tkazib, 12 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. 36 yoshli Tatsumitsu Vada hisobida esa 26 ta g'alaba, 13 ta mag'lubiyat va 2 ta durang mavjud.
Musobaqaning to'liq kardi quyidagicha:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar