17 iyu 17:39
Yangiliklar
Futbol

O'tkir Yusupov "Istiqlol" taklifini rad etdi
O'zbekiston terma jamoasi hamda "Fulad" klubi darvozaboni O'tkir Yusupov Eron grandiga o'tmadi.
Championat.asia xodimi Tolibjon Qosimov xabariga ko'ra, Eronning "Istiqlol" klubi "Fulad"da to'p tepayotgan O'tkir Yusupovga taklif bilan chiqqan, biroq posbon "Fulad"da qolishni afzal bilgan.
Endi esa "Istiqlol" "Zenit" darvozaboni Yuriy Lodiginni olishga harakat qilmoqda.
34 yoshli Yusupov o'tgan mavsum xuzistonliklar safida 29 o'yinda 28 ta gol o'tkazib yubordi va 12 o'yinda darvozasidan to'p olib chiqmadi.
Malumot uchun, "Istiqlol" tarkibida o'zbekistonlik ikki futbolchi – Rustam Ashurmatov va Jaloliddin Masharipov o'ynaydi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar