18 iyu 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadaliev Naoya Inouening texnik imkoniyatlariga baho berdi
O'zbekistonlik professional bokschi, ikkinchi eng engil vazn toifasida WBA Interim kamari sohibi Murodjon Ahmadaliev bo'lajak raqibi Naoya Inoueni baholadi.
U o'zi hamkorlik qiluvchi Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi axborot xizmati bilan suhbatda yapon bokschisining texnik xususiyatlarini 10 ballik tizimda quyidagicha tarifladi:
hujum — 7 ball
himoya — 6 ball
boks IQ'si — 7 ball
kuch — 7 ball
oyoq harakatlari — 8 ball
zarbalarga chidamlilik — 4,5 ball
jismoniy holati — 6 ball
jeb zarbalarini yo'llay olishi — 8 ball
faoliyati — 9 ball
"monster" taxallusi — 8.
Malumot uchun, Inoue — Ahmadaliev mutlaq chempionlik jangi 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : Matchroom Boxing
Fikrlar