18 iyu 15:25
Yangiliklar
Suv sporti turlari

Universiada-2025: Eldorbek Usmonov O'zbekiston rekordini yangiladi
Germaniyaning Reyn-Rur shaharchasida Butunjahon yozgi Universiada o'yinlari o'tkazilayotgani haqida xabar bergandik.
Kecha musobaqaning dastlabki kuni davomida suzish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Eldorbek Usmonov 50 m masofaga batterflyay usulida suzish dasturi saralashida ishtirok etib, 23.31 soniya natijada marraga etib keldi.
Ahamiyatlisi, bu mazkur dasturda O'zbekistonning yangi rekordiga aylandi. SHu tariqa, Usmonov dastur finali yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Qizig'i, bundan avvalgi rekord ham Eldorning o'ziga tegishli edi — 23.32 soniya.
U bugun 50 m masofaga batterflyay usulida suzish dasturida medallar uchun bahs olib boradi.
Havola :
Manba : Minsport.uz
Fikrlar