18 iyu 14:18
Yangiliklar
Gimnastika, Tennis, Suv sporti turlari

Universiada-2025: Bugun olti nafar o'zbekistonlik sportchilarga muxlislik qilamiz
Kechadan Germaniyada navbatdagi Butunjahon yozgi Universiada bellashuvlari start oldi.
Bugun musobaqaning ikkinchi kuni doirasida turli sport turlarida jami olti nafar o'zbekistonlik atletlar bahslarda ishtirok etadi.
18 iyul kuni Universiadada qatnashadigan sportchilar ro'yxati:
12:00 — 15:00. Suzish (erkaklar, 200 m masofaga erkin usulda suzish, saralash): Abdulaziz Abdumajidov
12:00 — 15:00. Suzish (ayollar, 100 m masofaga erkin usulda suzish, saralash): Anastasiya Zelinskaya
22:42. Suzish (erkaklar, 50 m masofaga batterflyay usulda suzish, final): Eldorbek Usmonov
17:00 dan boshlab. Tennis (erkaklar, juftlik, saralash): Maksim SHin va Amirbek Milushev
19:30 dan boshlab. Badiiy gimnastika (ko'pkurash, final). Taxmina Ikromova.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar