26 iyu 12:00
Yangiliklar
Dzyudo

Butunjahon yozgi Universiada. Bugun dzyudochilarimiz aralash jamoaviy bahslarda ishtirok etishadi
Germaniya davlatining bir nechta shahrida davom etayotgan Butunjahon yozgi Universiada o'yinlarining dzyudo musobaqasida bugun aralash jamoaviy bellashuvlari o'tkaziladi.
Qura natijasiga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan boshlaydi. Bu bosqichda talaba-dzyudochilarimizga Mo'g'uliston - Polsha uchrashuvi g'olibi raqib bo'ladi.
Musobaqa favoriti sifatida qaralayotgan Yaponiya terma jamoasi ham aynan biz joylashgan A guruhidan o'rin olgan. Yaponiya va O'zbekiston terma jamoalari 1/4 finalda o'zaro uchrashishlari mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar