So’nggi yangiliklar

18:39Асу Алмабаевнинг навбатдаги жанг санаси ва рақиби маълум қилинди, рақиб - собиқ даъвогар 0 18:17UFC 322 турнири учун дастлабки жанг анонс қилинди 0 17:50Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди 0 17:25"Агар кимдир Канелони мағлуб эта олса, бу Кроуфорд бўлади" - собиқ чемпион 0 17:01Шоҳасан Мирзаматовнинг навбатдаги жанг санаси маълум қилинди 0 16:38Украина бокс терма жамоаси Ливерпулдаги ЖЧга қўйилмаслиги мумкин 0 16:16Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди 0 15:55Илия Топуриянинг жамоадоши навбатдаги рақиб ва жанг санаси ҳақида маълумот берди 0 15:32WBO рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 15:11Қирғиз Республикасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби маълум: Мунарбек ҳам таркибда! 0 14:50Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди 0 14:29"Чимаевни мағлуб этадиган кимнидир кўрмаяпман" - UFC собиқ чемпиони 0 14:08Низомиддин Хайриддинов — Astana 2025 World Boccia вице-чемпиони! 0 13:47Пауло Коста: "Чимаев дю Плесси билан жанг қилишдан қўрқди" 0 13:26"Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда 0

27 sen 18:47
Yangiliklar

Dzyudo

Breaking news! Jahon chempionatida ishtirok etuvchi tarkibimiz malum + POSTER

Teglar :  Jahon chempionati
Xabaringiz bor, 6-13 oktyabr kunlari Toshkent shahri tarixda ilk bor dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Muhtasham "Humo Arena" saroyi mezbonlik qiluvchi dunyo birinchiligida ishtirok etish istagini ayni shu soniyalargacha 5 qitaning 86 davlatidan 568 nafar dzyudochi rasman bildirgan. Ko'pchilikni mezbon sifatida O'zbekiston terma jamoasi qanday tarkib bilan ishtirok etishi qiziqtirayotgandi. 

Nihoyat, terma jamoamiz murabbiylar shtabi "Humo Arena" tatamilarida jahon chempionati medallari uchun kurashadigan tarkibni elon qilishdi. Kutilganidek, yakkalik bahslaridan tashqari musobaqaning so'nggi kuni o'tkaziluvchi aralash jamoaviy bellashuvlarda ham ishtirok etamiz.   

Malumot uchun, har bir davlat jami 18 nafar (9+9 ) dzyudochini jahon chempionati uchun ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. O'zbekiston faqat ayollar o'rtasidagi eng og'ir (+78 kg) vazn toifasida qatnashmaydi. Lekin son limitidan boshqa vazn uchun foydalandik. Yani, ayollar terma jamoamiz -52, -57 va -70 kg vazn toifalarida ikki nafardan dzyudochi bilan musobaqani boshlaydi.   

O'zbekiston ayollar terma jamoasi 

-48 kg: Xalima Qurbonova

-52 kg: Diyora Keldiyorova 

-52 kg: Sita Kadambaeva 

-57 kg: Nilufar Ermaganbetova 

-57 kg: SHukurjon Aminova 

-63 kg: Sevinch Isoqova 

-70 kg: Gulnoza Matniyazova 

-70 kg: SHohista Nazarova 

-78 kg: Irisxon Qurbonboeva 

O'zbekiston erkaklar terma jamoasi 

-60 kg: Dilshodbek Baratov

-66 kg: Sardor Nurillaev

-73 kg: SHahram Ahadov 

-73 kg: Murodjon Yo'ldoshev 

-81 kg: SHarofiddin Boltaboev

-90 kg: Davlat Bobonov

-100 kg: Muzaffarbek To'raboev

+100 kg: SHohruh Baxtiyorov

+100 kg: Alisher Yusupov

Aralash terma jamoa (MIX TEAM)

-57 kg: SHukurjon Aminova, Diyora Keldiyorova

-70 kg: Gulnoza Matniyazova, SHohista Nazarova

+70 kg: Irisxon Qurbonboeva, Mohinur Parmonova

-73 kg: Obidxon Nomonov, SHahram Ahadov

-90 kg: Davlat Bobonov, SHarofiddin Boltaboev

+90 kg: SHohruh Baxtiyorov, Bekmurod Oltiboev

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing