So’nggi yangiliklar

22:12Нурсултон Рўзибоев иштирокидаги жанг бекор бўлди 0 20:00UFC медиаҳуқуқларни 8 миллиард долларга сотди. Қандай қилиб бунчалик кўп? 0 19:2693 ёшли Дон Кинг супероғир вазнда камар учун кечадиган жангни анонс қилди 0 19:05"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади 0 18:44Усик WBO`дан мажбурий ҳимоя муддатини кечиктиришни сўради 0 18:23Дана Уайт: "Жонсдан кўра Конорга кўпроқ ишонаман" 0 18:02Коко Гофф Цинциннати турниридаги юришини давом эттирмоқда 0 17:41Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа 0 17:20Дюплантис 13-маротаба жаҳон рекордини янгилади 0 16:59Фундора — Турман жанги санаси ўзгарди 0 16:38Хоккей бўйича ёшлар терма жамоамиз илк хорижий йиғинига жўнаб кетди 0 16:17Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин 0 15:56"Бу менинг энг кучли рақибим эмас". Дю Плесси — Чимаев билан бўладиган жанг ҳақида гапирди 0 15:35Осиё Паралимпия қўмитасининг VIII Бош ассамблеяси ўз ишини якунлади 0 15:14"Биз мақтаниб юрганимизда, ўзбеклар меҳнат қилди". Қозоғистонлик мураббий ўзбек боксининг муваффақияти ҳақида гапирди 0

20 may 17:57
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Bu qiziq! Boks tarixidagi eng yaxshi nokautlarni bilasizmi? (+VIDEO)

Teglar :  BoksNokaut
Bugun siz bilan birgalikda boks tarixidagi eng yaxshi nokautlar haqida bilib olamiz.

Boks sport turida siz raqibingizni bitta zarba bilan "uxlatib qo'yishingiz" mumkin. Ammo shu zarbalar bir insonning umriga zomin bo'lishi ham mumkin, kamdan-kam hollarda bo'lsada. SHunday holatlar yuzaga kelmasligi uchun ham referining jangni o'z vaqtida to'xtata olishi ushbu sport turida qadrlanadi.

Quyida XX asrning eng "yirtqichona" nokautlarni tomosha qilishingiz mumkin:


Jek Dempsi — Luis-Anxel Firpo, 14. 09. 1923

Bir asr avvalgi boks janglarining deyarli har biri qaysidir manoda jozibaliroq bo'lgan. Bokschilar hech qanday taktikasiz, asosiysi raqibini kuchi tugagunicha kaltaklash maqsadida ringga chiqishgan. SHunday janglardan birida Jek Dempsi argentinalik Luis-Anxel Firpoga qarshi chempionlik kamarini himoya qiladi. Amerikalik bokschi dastlabki raundning o'zida 7 marta nokdaunga uchraydi, ammo tezda o'zini o'nglab olib, raqibini birato'la nokautga uchratadi.

Roy Jons — Montella Griffin, 07. 08. 1987

Ushbu revansh jangida muxlislar haqiqiy Roy Jonsni ko'rishadi. Besh oy avval o'tkazilgan jangda ham u Griffinni nokaut qilgan, ammo hakam uni bongdan so'ng raqibiga zarba berganlikda ayblab, diskvalifikaciya qilgan. Jangning birinchi raundida Jons 90 yillarning eng yaxshi bokschilaridan biri kim ekanligini ko'rsatib qo'yadi, hammasi dastlabki raunddayoq yakunlanadi.


Mayk Tayson — Trever Beybik, 22. 11. 1986

Ushbu janggacha WBC yo'nalishi bo'yicha chempion Trever Berbik hech qachon nokautga uchramagan edi. "Temir Mayk"ka bu jangda favorit sifatida qaralmagan, ammo u barcha taxminlarni yo'qqa chiqara olgandi. Trever haqiqiy nokautchi edi, ammo Mayk ikkinchi raundda kim aslida bu nomga munosibroq ekanligini isbotladi.


Muhammad Ali — Jorj Forman, 30. 10. 1974

Jorj Forman bu to'qnashuvga qadar 40 ta jang o'tkazib ulgurgan edi, u janglarining barchasida raqiblarini "er tishlatgan", buni 37 ta jangda raqiblarini nokaut qilganidan ham bilsak bo'ladi. Jang o'ta yuqori darajada bo'lganidan, bokschilarning tezda kuchi tugab qoladi. Sakkizinchi raundda Ali ajoyib zarbalar seriyasini uyushtiradi va engilmas chempionning "chirog'ini o'chirib qo'yadi". Bu jang boks tarixida "CHangalzordagi shovqin" deya eslanadi.

Kostya Czyu — Zab Juda, 3. 11. 2001

Istisno tariqasida XXI asrdagi jangni ham qo'shishni afzal bildik. O'rtaga engil vaznning uchta chempionlik kamari qo'yilgan edi. Kostya bu jangda optimal formasida emasdi, Juda esa aksincha. Ammo bu jangga hech qanday tasir o'tkaza olmadi. Jang avvalidayoq Czyu raqibini zarbalar seriyasi bilan siylaydi, Juda esa klinchdan o'zga chora topa olmasdi. Ikkinchi raund yakunlanishiga 3 sekund qolganida Zab o'ng tomondan kross zarbasini o'kazib yuborib, ringga yiqiladi. Amerikalik bokschi turishga harakat qiladi, ammo referi bunga hojat qoldirmasdan, jangni yakunlaydi. Rossiyalik muxlislar talqiniga ko'ra, bu nokaut yilning eng yaxshisi edi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing