13 avg 11:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan bokschilarimiz Toshkentga qaytdi
1-11 avgust kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha U-19 va U-22 yoshli o'g'il-qizlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.
Mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi sportchilari ham ishtirok etishdi.
Musobaqada U-19 yosh toifasida bokschilarimiz jami 7 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. U-22 yosh toifasidagi sportchilarimiz ham jami 8 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan reyting peshqadamligiga ega chiqishdi.
Sportchilarimizni I.Karimov nomidagi xalqaro aerportda Sport vaziri o'rinbosari SH.Maxmudov, Sport vaziri maslahatchisi SH.Mo'minjanov, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov kutib oldi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar