So’nggi yangiliklar

18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0 13:35Жейк Пол: "WBA ва WBC мени рейтингга киритиш устида ишламоқда" 0

15 fev 12:59
Yangiliklar

Boshqalar, Qishki sport turlari

"CHimgan CHellenj" sport festivali yakunlandi + FOTO

Xabar berib o'tganimizdek, 12-14 fevral kunlari Toshkent viloyatining CHimyon tog'yonbag'rlarida "CHimgan CHellenj" sport festivali tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 fevraldagi “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 noyabrdagi “Aholining sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorlariga muvofiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi va boshqa qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o'tkazilgan ushbu festivalda vazirliklar, idoralar hamda yirik korxona-tashkilotlarning sport targ'ibotchilari basketbol, voleybol, badminton, mini-futbol, shuningdek mahalliy sportchilar o'rtasida tog' chang'isi va snoubord bo'yicha bahslashishdi.

Sport bayramida tashkilotlarning 150 nafardan ortiq sport targ'ibotchilari va 20 nafardan ortiq ommaviy axborot vositalari xodimlari o'z omadlarini sinab ko'rishdi.

Festival yakunlariga ko'ra, g'olib va sovrindorlar ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:

Badminton. Erkaklar:

1-o'rin. Rashidov SHerzod - Mudofaa vazirligi;

2-o'rin. Nasimov Ozod - Ichki ishlar vazirligi;

3-o'rin. Abdullaev Ruslan - Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi.


Ayollar.

1-o'rin. Nurillaeva Malika - Jismoniy tarbiya va sport vazirligi;

2-o'rin. SHodieva Dilafruz - Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi;

3-o'rin. Ermetova SHirina - Jismoniy tarbiya va sport vazirligi;

Mini-futbol.

1-o'rin “Semurg'” jamoasiga nasib etdi.

2-o'rinni esa “Lochin” jamoasi qo'lga kiritdi.

3-o'rinni “Universal” jamoasi egalladi.


Basketbol.

1-o'rin “Burgutlar” jamoasiga nasib etdi.

2-o'rinni “Istiqlol” jamoasi qo'lga kiritdi.

3-o'rinni “Yoshlar” jamoasi egalladi.


Voleybol.

1.“Targ'ibotchilar” jamoasi

Jamoa azolari:

SHosobirov Xusan – “Agrobank” ATB

Appakxodjaev Bekzod – Mudofaa vazirligi 

Ubaydullaev SHuxrat – Uy-joy kommunal xizmat ko'rstish vazirligi

Saloxiddinov Botir – “Turonbank” ATB

Mirzaev Abdug'affor – “O'zmetkombinat” AJ

Sabirov Alimardon – “Asaka bank” AJ



2. “Matbuotchilar” jamoasi 

Jamoa azolari:

Asrorov Ulug'bek – “Yangi O'zbekiston” gazetasi

Asrorov Umar – “Qishloq hayoti” gazetasi

Meliboev Yoqubjon – O'zbekiston Milliy axborot agentligi

No'monov SHoxruxbek – O'zbekiston Milliy axborot agentligi

Xo'jaqulov Marufxo'ja – “Zo’r TV” telekanali 

Omonov Xumoyun – Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati 


3. “Do'stlik” jamoasi 

Jamoa azolari:

Legay Elmira – “O'zbekiston karlar jamiyati”

Mamadaminov Alimurod – “Olamsport.kom” internet sayti

Vohidov Sirojiddin – “Xalq so'zi” gazetasi

Almatov Adham – Sirdaryo viloyati hokimligi 

Qalandarov Fayoz – Buxoro viloyati hokimligi 

Paydoev Hasan – “Xalq so'zi” gazetasi


CHimyon tog'yonbag'rlarida tashkil etilgan tog' chang'isi musobaqasi vaqtida tashkilotchilar o'ziga xos bayram koncert dasturini ham uyushtirishdi. Bu nafaqat musobaqa ishtirokchilari, balki CHimyon tog'lariga oilaviy hordiq chiqargani borgan hamyurtlarimiz uchun ham qiziqarli bo'ldi. 

Musobaqada qatnashgan barcha ishtirokchilar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasis etilgan diplom, medal va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Ikkinchi bor o'tkazilgan “CHimgan CHellenj” eko sayyohlik sport festivalini o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad – turli tashkilotlarda faoliyat ko'rsatayotgan sport targ'ibotchilari orasida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishni keng targ'ib qilish, qolaversa, ular ishlayotgan tashkilotlarda ham sog'lom turmush tarzini ommalashtirish orqali sport musobaqalarini muntazam o'tkazishdan iborat.


Birozdan so'ng festivalning so'nggi kunidan fotogalereya taqdim etiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing