So’nggi yangiliklar

18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0 13:35Жейк Пол: "WBA ва WBC мени рейтингга киритиш устида ишламоқда" 0

13 fev 21:50
Yangiliklar

Boshqalar

CHimyonda eko-sayyohlik sport festivali o'tkazilmoqda + FOTO

Teglar :  CHimyon
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan 12-14 fevral kunlari Toshkent viloyati CHimyon qishlog'ida "CHimyon-Exo-2021" va "CHimgan ekstrim-2021" qishki ekstremal sport turlari festivali o'tkazilmoqda.

Ayni paytda mamlakatimizdagi vazirliklar, idoralar hamda yirik tashkilotlarning sport targ'ibotchilari, shuningdek 20 nafardan ortiq ommaviy axborot vositalari xodimlari CHimyondagi "Yoshlar oromgohi"da bo'lib turishibdi.

Bugun, 13 fevral kuni basketbol, voleybol, badminton va mini-futbol kabi sport turlaridan musobaqalar tashkil etildi. Unda tashkilotlarning sport targ'ibotchilari, shuningdek OAV vakillari ham ishtirok etishdi. Bundan tashqari, kun davomida maxsus o'quv-seminar ham bo'lib o'tdi va unda targ'ibotchilar uchun o'z tashkilotlarida sport musobaqalarini tashkil etish bo'yicha tushuntirishlar berib borildi. 


"Ushbu tadbirni tashkil etishdan maqsad Muhtaram yurtboshimizning "Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasining "Aholining sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaror ijrolarini taminlashga qaratilgan. 


Ushbu festivalimizda Respublikamizning vazirlik va yirik tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan sport targ'ibotchilari, qolaversa OAV xodimlari ishtirok etishmoqda. Festival davomida bir necha yo'nalishda musobaqalar o'tkaziladi va muvaffaqiyatli ishtirok etgan havaskor sportchilarga esdalik sovg'alari taqdim etiladi", - dedi ushbu festival tashkilotchilaridan biri Umid Rajabov.


"Mazkur festivalda nafaqat tashkilotlarning sport targ'ibotchilari, balki ommaviy axborot vositalari xodimlarining sportchi sifatida ishtirok etayotganliklari quvonarli hol. Zero OAV xodimlari ham aslida sport targ'ibotchilari hisoblanishadi. Yurtimizda faoliyat olib borayotgan OAV xodimlari Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan hozirda "Yoshlar oromgohi"ga kelishgan. Ular festival tafsilotlarini yoritish bilan bir qatorda, o'zlari ham musobaqalarda faollik ko'rsatishmoqda", - dedi vazirlik matbuot xizmati rahbari Otabek Eshmamatov.

Ertaga dastur bo'yicha qishki sport turlariga bag'ishlangan tadbirlar tashkil etiladi.

Aziz To'xtamurodov

Foto: Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing