So’nggi yangiliklar

11:4318 ёшли Мирра Андреева 21 йиллик натижани такрорлади 0 11:22Тошкентда ўтган Octagon 75 турнири бонуслари кимларга берилгани маълум 0 11:01Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор 0 10:40Порье фаолиятини нима сабабдан якунлаётганига изоҳ берди 0 10:19Аввал Рамазон Темиров, энди эса Абу-Даби турнирининг co-main event жанги бекор қилинди 0 09:58Олимпиада-2028 теннис мусобақасининг санаси маълум 0 09:37Терма жамоамиз ҳимоячиси яна БАА чемпионатига қайтди 0 09:16Умида Омонова FIDE Жаҳон кубоги учинчи босқичининг энг яхшиси деб топилди 0 08:5512 нафар таэквондочимиз Бутунжаҳон Универсиада ўйинларида иштирок этади 0 08:34Богдан Гусковнинг бразилиялик жамоадоши Россия фуқаролигини олмоқчи 0 08:13Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди 0 07:52Нурсултон Рўзибоев октагонга чиқадиган UFC 319 турнири учун яна бир катта жанг қўшилди + ПОСТЕР 0 07:31Бугун таэквондочиларимиз "Korea Open" турниридаги юришини бошлайди 0 18:57Али Абдел-Азиз: "Перейра UFC лойиҳаси, уни сунъий равишда шиширишган" 0 18:36"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди? 0

26 noy 14:07
Yangiliklar

Tennis

Davis Cup. Alkarazda koronavirus aniqlandi. Endi u terma jamoasiga yordam berolmaydi

Ispaniyalik tennischi Karlos Alkarazda koronavirus aniqlandi va shu sababdan u endi "Devis Kubogi" finalida jamoasiga yordam bera olmaydi.

Alkarazning bugun Ekvadorga qarshi "A" guruhida o'ynashi kutilgandi. SHu tariqa, Pablo Karrena-Busta va Alberto Ramos Ispaniya terma jamoasi safida guruh bosqichining yakkalik bahsida ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya terma jamoasining raqiblari Rossiya va Ekvador terma jamoalari hisoblanadi. Karlos Alkaraz Rafael Nadalning izdoshi hamda "Devis Kubogi" finalida Ispaniyaning eng nomdor tennischisi sifatida etirof etilgan edi.

"Devis Kubogi"da ilk bor ishtirok etmoqchi bo'lgan 18 yoshli Alkaraz ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi muhim va alohida turnirni o'tkazib yuborganidan afsusda ekanligini aytdi.

"Madridda, o'z vatanimda, muxlislarimiz ko'z oldida o'ynashimdan juda hayajonda edim", - dedi u. - Ammo bazida barchasi biz xohlagandek bo'lmaydi va siz buni engib o'tishingiz kerak. Bu juda og'ir zarba, lekin men o'zimga kelishim, kuchliroq bo'lishim zarur", - dedi Alkaraz.

Avvalroq, Xalqaro tennis federaciyasi Ispaniya terma jamoasi azosi koronavirusga chalingani va izolyaciyaga olingani haqida malum qilgan edi. Biroq tennischining ismi oshkor etilmagandi. Ispaniya jamoasining qolgan azolari yangi PCR testini topshirishadi.

ATR reytingida 32-o'rinni egallab turgan Alkarazning o'rnini jahonning 60-raketkasi Pedro Martines egallaydi. 

Ispaniya terma jamoasining tarkibi quyidagicha: Pablo Karreno Busta, Alberto Ramos-Vinolas, Felichiano Lopes, Marsel Granollers. Jamoa sardori - Serxi Bruguera.

Ispaniya jarohati tufayli allaqachon Nadalsiz qolgan edi. Bu hafta boshida esa jarohati tufayli jahonning 19-raketkasi Roberto Bautista Agutni yo'qotdi.

Malumot uchun, Madrid, Insbruk va Turin shaharlarida o'tkazilayotgan "Devis Kubogi" turnirining amaldagi g'olib Ispaniya terma jamoasi hisoblanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing