15 iyu 09:58
Yangiliklar

Olimpiada-2028 tennis musobaqasining sanasi malum
Jumladan, olimpiya o'yinlarining katta tennis musobaqasi 19-28 iyul kunlari o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Musobaqaning ayollar o'rtasidagi yakkalik bahslari 27 iyul, erkaklar turniri esa 28 iyul kuni yakunlanadi. Bu sanalarda kichik o'zgarishlarning bo'lish ehtimoli yo'q emas.
Olimpiada-2028 14-30 iyul kunlari oralig'ida AQSHning Los-Anjeles shahrida bo'lib o'tadi. To'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi tennis turniri xard qoplamali kortlarda tashkil etiladi. Karson-centr sport majmuasining 12 ta korti Olimpiada tennis bahslari uchun ajratilgan.
Malumot uchun, erkaklar va ayollar o'rtasida amaldagi Olimpiada chempionlari serbiyalik Novak Jokovich hamda xitoylik CHjen Cinven hisoblanadi.
Fikrlar