15 iyu 07:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboev oktagonga chiqadigan UFC 319 turniri uchun yana bir katta jang qo'shildi + POSTER
17 avgust kuni AQSHning Illinoys shtati CHikago shahrida raqamlangan UFC 319 turniri bo'lib o'tadi.
Turnir doirasida amerikalik Jeff Nil Braziliya vakili Karlos Pratesga qarshi oktagonga ko'tariladigan bo'ldi. Bu haqda liga matbuot xizmati rasman xabar berdi. Oqshomning markaziy jangi o'rta vazn chempioni Drikyus Dyu Plessis hamda BAA vakili Xamzat CHimaev o'rtasida kechadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, aralash yakkakurash ustamiz Nursulton Ro'ziboev aynan UFC 319 turniri kardida AQSH vakili Brayan Battl bilan jang qiladi.
Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar