So’nggi yangiliklar

01:48Жаҳонгир Зокиров ҳам Жаҳон чемпионатида муваффақиятли старт олди 0 23:50Шодиёр Мелиқўзиев ЖЧни нокаутли ғалаба билан бошлади 0 22:52Бокс. Ҳуморабону Мамажонова ҳам ЖЧни ғалаба билан бошлади 0 21:28CAFA Nations Cup - 2025. Ўзбекистон Қирғизистонни йирик ҳисобда мағлуб этди ва финалга йўл олди 0 18:11ФОТО: Ўзбек бокси юлдузларининг болаликда тушган суратларини кўрганмисиз? 0 17:46Тошкентда Сквош ва Падел федерацияси тантанали равишда очилди 0 17:05Бектемир Мелиқўзиев қўллаб-қувватлаш мақсадида Муроджон Аҳмадалиевнинг ёнига борди (ВИДЕО) 0 16:39Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон МТЖ 2 карра жаҳон чемпиони билан ўйнайди 0 16:16"Чимаев билан жанг тарихий бўлади" - Имавов 0 15:51UFC Paris турнири иштирокчилари тарозига чиқди: битта жанг бекор бўлди 0 15:25"Ўзимни ажойиб ҳис қиляпман". 39 ёшли Деонтей Уайлдер яна 10 йил жанг қилиш ниятида 0 15:01Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими? 0 14:39"Усик фаолиятини якунлаши керак" - мураббий 0 14:17"Бу унинг соғлигига таъсир қилади". Майк Тайсон — Флойд Мейвезер билан жанг ҳақида 0 13:55"Бу кўргазмали жанг мухлисларга улар хоҳлаган нарсани беради". Мейвезер — Тайсон билан жанг ҳақида гапирди 0

30 noy 13:28
Yangiliklar

Boks/MMA

Dog'iston va AQSH taomlari, million dollar... Xabib UFC 280 uchun jamoasini qanday "boqdi"?

Xabib Nurmagomedovning o'z jamoasini UFC 280 musobaqasiga qanday tayyorlagani haqida qiziqarli malumotlar taqdim etildi.

Hashamat va buning natijasidagi farovonlik

UFC 280 musobaqasining eng ajablanarli voqealaridan biri Islam Maxachev va Xabib Nurmagomedovning CHarlz Oliveyraga qarshi jang uchun yig'inda bir million dollardan ortiq mablag' sarflagani haqidagi malumot bo'ldi.

Pul kimning cho'ntagidan "ketgani": Xabib, shayxlar yoki bazi homiylardanmi bunisi nomalum, ammo yirik mablag' sarflangani shubhasiz. Yigirmadan ortiq dog'istonliklar ajoyib kvartiralarda yashab, Birlashgan Arab Amirliklari shahzodasining shaxsiy sport zalida mashg'ulot o'tkazdilar. Qirol kabi taomlandilar.

Jamoaga olib kelingan amerika-falastinlik jangchi Belal Muhammad hamon Xabibning "sovg'alari"dan uzoqlasha olmayapti. U yaqinda Bryan Callen podkastida besh haftalik tayyorgarlik davomida ularning jamoasi jadvali qanchalik ajoyib ko'rinish olgani haqida gapirdi.


"Men Xabib jamoasi bilan ajoyib o'tgan besh haftani o'tkazdim. Mashg'ulotdan so'ng hammamiz birga namoz o'qishga bordik. Masjid zal yonida edi. Bu ajoyib edi, chunki... Bu erda [CHikagoda] mening ajoyib jamoadoshlarim bor, biz birodarlarmiz, lekin ular nasroniylar. Men namoz o'qisam, ular menga qaraydi, lekin namoz o'qimaydi. Bu yigitlar bilan esa biz bir vaqtning o'zida xuddi shunday ish qildik, yani namoz o'qidik. Bu sizning orangizdagi aloqani mustahkamlaydi.

Keyin hammamiz birga tushlikka bordik. Tushlik esa pffff... "epik" edi. 10 ga yaqin turli taomlar, Dog'iston va Amerika taomlari. Har bir taom uchun ularda alohida oshpaz bor edi, bu shunchaki aqldan ozdiradi. Nonushta, tushlik va kechki ovqatda ham shunday bo'ldi. Xabibning biz uchun qilgan ishi ajoyib edi. SHirinliklar uchun alohida katta stol. Uning jamoasida 20 kishi bor edi, barcha yigitlar vazn qila oldi, yigitlar maksimum darajada ovqatlanishdi. Men kichik porsiyalarda ovqat eyishga, dietaga amal qilishga harakat qildim, lekin...

Ular sizga o'zingiz xohlagan hamma narsani berishadi. "Ko'proq qizil ikra olsam bo'ladimi?" Ertasi kuni esa sizga bir katta losos solingan idish olib kelishadi. Yoki krivetka, xohlaganingizcha. Xabib bu yig'inga million dollardan ortiq mablag' sarflagan. U buni qilishi shart emas edi, lekin u bizning orzularimizni amalga oshirishimizni xohladi".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing