05 sen 10:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursultonning jamoadoshi SHon Bredi Bilol Muhammadni jangga chorladi
Yarimo'rta vazn toifasida faoliyat olib boruvchi taniqli amerikalik MMA jangchisi SHon Bredi keyingi bahsini sobiq chempionga qarshi o'tkazishi mumkin.
SHon asli falastinlik AQSH vakili Bilol Muhammad bilan jang qilish istagini bildirdi.
"U yaqinda yutqazdi, men esa yaxshi seriyada ketyapman. Endi bu jangni tashkil etish mantiqan to'g'ri keladi. Agar u meni yutsa, yana kamar uchun davogar bo'ladi. Bordi-yu, men g'olib bo'lsam, kamar jangi berilishi aniq bo'ladi. Kel, buni amalga oshiramiz, Bilol", dedi Bredi.
Malumot uchun, SHon hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev bilan bir jamoada shug'ullanadi.
Havola :
Manba : fightnews.info
Fikrlar