04 sen 16:38
Yangiliklar
Boks/MMA

"Zalda u qattiqqo'l murabbiy, Abdulmanap huddi o'zi". Maxachev - Xabib Nurmagomedov haqida gapirdi
UFC sobiq chempioni Islam Maxachev Abdulmanap Nurmagomedovsiz tayyorgarlik va uning o'rnida Xabibning roli haqida gapirdi.
"Abdulmanapsiz o'zgarishlar katta. Plyuslardan ko'ra minuslar ko'p. Biz butun havaskorlik faoliyatimiz davomida bo'lgan intizomni saqlab qolishga harakat qilyapmiz.
Xabib — bu Abdulmanapning huddi o'zi. Olma daraxtdan uzoqqa tushmaydi. Yondoshuvi, munosabati ham xuddi shunday. Zalda Xabib qattiqqo'l murabbiy. Manaviy jihatdan ham, texnik jihatdan ham tajribasi bilan bo'lishadi. Ammo yondashuvi o'sha-o'sha.
Zalda u qattiqqo'l murabbiy. Zaldan tashqarida esa — katta do'st, barcha masalada maslahat beruvchi inson", — dedi Maxachev.
Havola :
Manba : UDAR
Fikrlar