So’nggi yangiliklar

19:02"Мен қилган хатони сен такрорлама". Сен-Пьер Махачевга маслаҳат берди 0 18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0

08 noy 19:05
Yangiliklar

Velosport, Engil atletika

Duatlon bo'yicha o'tkazilgan O'zbekiston chempionatidan yorqin FOTOREPORTAJ

Teglar :  DuatlonVelosport
Bugun ertalabdan poytaxtimizdagi Xalqlar do'stligi maydoni sport, aniqrog'i yugurish va velosport ishqibozlari bilan gavjum bo'ldi.

Sababi, bu erda sportning duatlon yo'nalishi bo'yicha professionallar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkazildi.

Duatlon bo'yicha O'zbekiston chempionatini o'tkazishdan ko'zlangan maqsad, yoshlar orasida sportning murakkab turlarini rivojlantirish, aholi orasida keng ommalashtirish hamda sog'lom turmush tarzini yanada faol targ'ib qilishdan iborat.

Dastlab musobaqaning ochilish marosimi tashkil etildi. Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi Kotibi, O'zbekiston triatlon federaciyasi raisi Viktor Mahmudov, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo'mondoni, general-mayor Rustam Jo'raev, Jismoniy tarbiya va sport vazirining o'rinbosari Avazjon Karimov, Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov va boshqalar ishtirok etdi. 

Tadbirda so'zga chiqqanlar ushbu musobaqa mamlakatimizda sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish yo'lidagi ezgu say-harakatlarning mantiqiy davomi bo'libgina qolmasdan, «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni ijrosini taminlashga ham xizmat qilishini alohida etirof etishdi.

Endi musobaqaga kelsak. Duatlon bo'yicha O'zbekiston chempionati uchta yosh toifasida tashkil etildi: o'smirlar, yani 14-17 yosh, 18-23 yosh hamda kattalar, yani 24 yosh va undan yuqori yoshdagi sportchilar.

Ishtirokchilar quyidagi masofalarda g'oliblik uchun bahs olib borishdi:

• Birinchi bosqich, yugurish – 5 km.

• Ikkinchi bosqich, velosipedda poyga – 20 km.

• Uchinchi bosqich, yugurish – 2,5 km.

Musobaqada mamlakatimizning turli mintaqalari, jumladan Xorazm, Surxondaryo, Navoiy, Buxoro viloyatlari, shuningdek, Samarqand, Namangan, Andijon va Qarshi shaharlaridan jami 88 nafar eng kuchli, yani professional duatlonchilar O'zbekiston chempioni degan yuksak nomga sazovor bo'lish uchun kurash olib borishdi.

Musobaqa g'oliblari bilan tanishing:

Erkaklar:

1. Aleksandr Reshetnikov (vaqti – 59:34)

2. Arslon Tursunov (59:43)

3. Kamron Xodjaev (1:00:11)


Ayollar:

1. Alina Xakimova (1:09:02)

2. Ekaterina Ryazanova (1:12:14)

3. Arina Mirzabekova (1:25:25)


Yosh toifalari bo'yicha g'oliblar:

O'smirlar (14-17 yosh)

1. Roman Kariev

2. Danila Sichev

3. Diyorbek Komiljonov


Qizlar:

1. Arina Mirzabekova

2. Sevara Boboqulova

3. Malika Toshpo'latova


O'spirinlar (18-19 yosh)

1. Arslon Tursunov

2. Kamron Xo'jaev

3. Qobiljon Muhammedov


Qizlar:

1. Ekaterina Ryazanova

2. Malika Hoshimova

3. Zulayxon Jumaboeva


U-23 (20-23 yosh)

Erkaklar:

1. Aleksandr Reshetnikov

2. Umid Alimov

3. Muhammadaziz Tursunboev


Ayollar:

1. Alina Hakimova

2. Oydina Ikromova

3. Gulnora Axmedova


Elite (23 yoshdan kattalar)

1. Doniyorxo'ja Hamroev

2. Dmitriy Zaycev

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing