So’nggi yangiliklar

13:16Ёш юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 12:55“Барселона“ Маркус Рэшфорд бўйича бир қарорга келди 0 12:34Фурқатбек Ёқубов The Ultimate Fighter 33 шоусидаги илк жангини ўтказди 0 12:13Жон Жонс UFC рўйхатидан ўчирилди 0 11:52Пара пауэрлифтинг терма жамоамиз Жаҳон кубогини 25 та медаль билан якунлади 0 11:31Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2`га тушириб юборилди 0 11:10Оғир атлетикачиларимиз ўсмирлар ва ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашади 0 10:49Итаума - Баколе, Ортис - Эннис, Сепеда - Круз жанглари бир оқшомда! 0 10:28Нодирбек Абдусатторов Хорватиядаги турнирда иштирок этади, Магнус Карлсен ҳам 0 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги 1/8 финалчилар маълум 0 09:46ИНТЕРВЬЮ. Жасур Алижонов шогирдлари иштирокидаги сўнгги воқеликлар ҳақида 0 09:25Гэтжи мухлислар билан мусобақада Ferrari 812 GTS машинасини ютиб олди 0 09:04Турки ал аш-Шейх Муроджонга ишонмаяптими? Араб пулдори Иноуэга оид кейинги режаларини айтди 0 08:43Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди + ВИДЕО 0 08:22Жаҳонгир Нажмиддинов ATFC 22 турнирида жанг қилади (ПОСТЕР) 0

24 dek 08:04
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo rivoji viloyatlar kesimida muhokama qilindi

Teglar :  DzyudoMOQ
SHu kunlarda poytaxtimiz dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Tabiiyki, musobaqa sabab federaciyaning barcha viloyatlardagi bo'limlari mutasaddilari, murabbiylari Toshkentda jam bo'lishgan. 

Fursatdan foydalanib, MOQ majlislar zalida bugun dzyudo sportining mamlakatimizdagi rivoji, xususan 2020 yil sarhisobi bo'yicha yig'ilish o'tkazildi. Unda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, bosh kotib Oybek Kasimov, rais o'rinbosarlari Azizjon Kamilov (O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi), SHerzod Tashmatov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari, barcha viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpog'iston Respublikasidan kelgan mutasaddilar ishtirok etishdi. Yig'ilishni MOQ raisi ochib berdi.

“Dzyudo yoshlarimizning eng sevimli sport turlaridan biri. Uni yanada ommalashtirish bo'yicha katta hajmda ish olib bormoqdamiz. Xalqaro dzyudo federaciyasi prezidenti bilan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatini Toshkentda o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishdik. Nasib qilsa, kelasi yil Katta dubulg'a turnirini ham ilk bora mamlakatimizda o'tkazamiz. Bularning barchasi Siz – dzyudo oilasi uchun”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.  

Ochiq muloqot tarzida kechgan yig'ilishda viloyatlarda dzyudo rivoji yo'lida yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar, mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, yoshlar va kattalar o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston chempionati natijalari tahlil qilinganida, qaysi viloyatlarda selekciya ishlari yaxshi yo'lga qo'yilmagani, buning oqibatida natijalar keskin pasayib ketgani alohida takidlandi. 

Yangi yilning ilk oyidayoq dzyudo sport turi oqsayotgan Sirdaryo, Jizzax, Navoiy kabi viloyatlarga chiqilib, u erdagi muammolar o'rganilishi hamda bartaraf etilishi aytildi. SHuningdek, uchrashuvda bir-biriga yaqin viloyatlar o'rtasida o'zaro o'quv-mashg'ulot yig'inlari va musobaqalar o'tkazish kabi takliflar muhokama qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing