10 iyu 15:38
Yangiliklar
Dzyudo

Dzyudochilarimizning jahon chempionati oldi mashg'ulotidan FOTOREPORTAJ
Uch kundan so'ng Vengriyaning Budepesht shahrida kattalar o'rtasidagi jahon chempionati boshlanadi.
Bugun engil vazn toifasida bahslarga kirishadigan dzyudochilarimiz musobaqa manzili tomon yo'lga chiqishdi. Og'ir vazndagi dzyudochilarimiz esa tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirishadi va ular ham navbati bilan safarga otlanishadi.
Terma jamoamizning safar oldidan to'liq tarkibda o'tkazgan mashg'uloti rang-barang kechdi. Dzyudochilar trenajyor zalida kuchga ishlashdi, tatamida usullar maromiga etkazildi va hatto futbol ham o'ynashdi.
Jamoamizda ajoyib muhit hukmron, dzyudochlarimiz ham o'zlarining yuqori sport formalariga kirib ulgurishdi. Umid qilamizki, natija ham shunga monand bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar