So’nggi yangiliklar

13:58Ига Cвёнтек фаолиятидаги 300-ғалабасига эришди 0 13:37Топурия ёки Оливейра. Махачевдан қолган камарни ким олади? UFC 317 карди билан танишинг 0 13:16Ёш юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 12:55“Барселона“ Маркус Рэшфорд бўйича бир қарорга келди 0 12:34Фурқатбек Ёқубов The Ultimate Fighter 33 шоусидаги илк жангини ўтказди 0 12:13Жон Жонс UFC рўйхатидан ўчирилди 0 11:52Пара пауэрлифтинг терма жамоамиз Жаҳон кубогини 25 та медаль билан якунлади 0 11:31Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2`га тушириб юборилди 0 11:10Оғир атлетикачиларимиз ўсмирлар ва ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашади 0 10:49Итаума - Баколе, Ортис - Эннис, Сепеда - Круз жанглари бир оқшомда! 0 10:28Нодирбек Абдусатторов Хорватиядаги турнирда иштирок этади, Магнус Карлсен ҳам 0 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги 1/8 финалчилар маълум 0 09:46ИНТЕРВЬЮ. Жасур Алижонов шогирдлари иштирокидаги сўнгги воқеликлар ҳақида 0 09:25Гэтжи мухлислар билан мусобақада Ferrari 812 GTS машинасини ютиб олди 0 09:04Турки ал аш-Шейх Муроджонга ишонмаяптими? Араб пулдори Иноуэга оид кейинги режаларини айтди 0

05 dek 15:40
Yangiliklar

Tadbirlar

Eng faol jismoniy tarbiya va sport targ'ibotchilari Zarafshon koncert zalida taqdirlanadi

Tanlov g'oliblari Jismoniy tarbiya va sport alochisi ko'krak nishoni hamda O'zbekiston Respublikasida o'rnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 yanvardagi «Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 6-son Qarorining 2020 yildagi ijrosini taminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tanlov o'tkazildi.

Ushbu tanlovda tashkilotlarning barcha bo'linmalari miqyosida tashkil etilgan sog'lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarini muntazam ravishda o'tkazganligi uchun hamda aholining keng qatlami orasida ommaviy sportni rivojlantirish, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etganligi uchun nominaciyalarida g'oliblar aniqlandi.

2019 yili korxona va tashkilotlar o'rtasida o'tkazilgan «Tashkilotlarning barcha bo'linmalari miqyosida tashkil etilgan sog'lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarini muntazam ravishda o'tkazganligi uchun» nominaciyasida g'oliblik Toshkent viloyatining “Maxam-Chirchiq” akcionerlik jamiyatiga nasib etgan bo'lsa, «Aholining keng qatlamlari o'rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etganligi uchun» nominaciyasi bo'yicha Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi g'olib, deb topilgandi.

2020 yili o'tkazilgan tanlovda korxona-tashkilotlar o'rtasida «O'zbekiston temir yo'llari» akcionerlik jamiyati o'z xodimlari orasida sog'lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarini muntazam ravishda tashkil etganligi uchun g'oliblikka munosib ko'rilgan bo'lsa, «Aholining keng qatlamlari o'rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etganligi uchun» nominaciyasida bu safar Toshkent shahar Mirobod tumani hokimligi eng ko'p ovoz bilan g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Tanlov g'oliblari «Jismoniy tarbiya va sport alochisi» ko'krak nishoni hamda O'zbekiston Respublikasida o'rnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

G'oliblarni taqdirlash marosimi 2020 yil 17 dekabr kuni soat 16:00da «Zarafshon» koncert zalida tashkil etiladi. Barcha turdagi ommaviy axborot vositalari xodimlarini tantanali taqdirlash marosimiga taklif etamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing