So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

15 okt 11:33
Yangiliklar

Futbol

Eurosport: "Lokomotiv" Jaloliddinov transferi vaqtida 550 ming evroni o'rtada turganlarga bergan

Moskvaning "Lokomotiv" klubi yozgi transfer oynasi vaqtida Rossiyaning eng munozarali transferini amalga oshirdi, deb yozadi Eurosport.ru sayti.

O'zbekistonning "Bunyodkor" klubidan 18 yoshli Jasur Jaloliddinov "Lokomotiv"ga ko'chib o'tdi. Mish-mishlarga ko'ra uning uchun jami 900 ming evro to'langan.

Futbolchi "Lokomotiv" safida umuman maydonga tushmadi va Rossiya premer-ligasining boshqa klubi "Tambov"ga ijaraga berildi.

Mazkur transfer o'zbek klubida janjallar bilan amalga oshgan. Eurosport.ru manbasiga ko'ra, Jasur uchun to'langan 900 ming evro ofshor kompaniyasi hisobiga o'tkazilgan. 350 ming evro "Bunyodkor"ga to'langan bo'lsa, qolgan 550 ming evroni Moskva klubi transfer amalga oshishida o'rtada turgan insonlarga bergan.


Malumot uchun, mazkur transferni "Moskva" klubi sobiq prezidenti, ayni paytda agent bo'lib ishlayotgan Yuriy Belous boshqargan.

Bu transferdan keyin "Bunyodkor" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev ishdan bo'shatilgan. O'zbekistonda esa "Jaloliddinov ishi" bo'yicha O'FA darajasida tekshiruv boshlangan. Mirzaev ikkita uchrashuvda qatnashgan va O'FAga o'z poziciyasini tushuntirgan. Balki bu tushuntirish barchani qonqtirgandir. Biroq bu uchrashuvlardan keyin birorta rasmiy xabar berilmadi. Yaqinda klubda kattagina moliyaviy qiyinchiliklar borligi malum bo'ldi: futbolchilar to'rt oydan buyon maosh olishmayapti. Yangi rahbariyat esa aloqaga chiqmayapti, - deb yozadi eurosport.ru nashri.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing