29 iyu 15:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Pantoja: "P4P reytingida yuqoriroq o'ringa munosibman"
Kay Kara-Fransga qarshi g'alabadan keyin Aleshandre Pantoja UFC kamarini to'rtinchi bor muvaffaqiyatli himoya qildi va fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Vegasda tomoshabinlar uchun shou qilish menga yoqadi. Barcha menga qarshi tayyorlanmoqda, lekin men yaxshiroq bo'lib boryapman. Den Lembertga katta rahmat, u dunyoning eng yaxshi MMA zaliga asos soldi. Bu to'rtinchi himoyam va menimcha, P4P reytingida yuqoriroq o'ringa munosibman", — dedi u oktagondagi intervyuda.
Eslatib o'tamiz, jang uchinchi raundda Pantojaning bo'g'ish usulidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Havola :
Manba : MMA Mania
Fikrlar