29 iyu 15:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Uayt Maxachev - Maddalena jangi qaerda o'tkazilishini aytdi
Islam Maxachev navbatdagi jangini yarimo'rta vazn toifasi chempionligi uchun Jek Della Maddalenaga qarshi o'tkazadi.
UFC rahbari Dana Uaytning aytishicha, yarimo'rta vazndagi titul jang — Islam Maxachev va Jek Della Maddalena o'rtasida bo'ladi va u har yili noyabrda Nyu-Yorkdagi mashhur “Madison Square Garden” arenasida tashkil etiladigan raqamli turnir doirasiga kiradi.
"Bu albatta shunday bo'ladi. Nyu-Yorkka kelganimizda, bu har doim maxsus, yodda qolarli voqea bo'ladi. Bu jang aynan shunday sahnaga mos", — dedi Uayt.
Avvalroq, Maxachev bu jangning aynan “MSG”da bo'lishini iltimos qilgan edi va ko'rinib turibdiki UFC uning so'rovini qabul qilgan.
Havola :
Manba : MMA Today
Fikrlar