So’nggi yangiliklar

09:56Бугун икки боксчимиз World Boxing Кубогида рингга чиқади 0 09:35Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ 1/4 финалда! Бизни даҳшат учрашув кутмоқда + ВИДЕО 0 09:14Топурия янги вазндаги илк чемпионлик ҳимоя жангини қачон ўтказишини айтди 0 08:53"Биз нишонлаяпмиз" — Ислам Махачев Топуриянинг ғалабасини хачапури ва груз тархуни билан нишонлади + ФОТО 0 08:32Чарльз Оливейра кечаги даҳшатли нокаутдан кейин илк бор интервью берди 0 19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0

04 apr 17:36
Yangiliklar

Kurash

Farg'onada bel olish va uch kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazilmoqda

Teglar :  Bel olish kurash
Farg'ona tumanining CHimyon shaharchasidagi 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida Bel olish va uch kurash bo'yicha 2006-2007 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston Bel olish va uch kurash associaciyasining yillik taqvim-rejasidan joy olgan mazkur mamlakat chempionatida ishtirok etish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 400 nafardan ortiq yosh polvonlar ishtirok etmoqda.

Bugun shuningdek, musobaqaning tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. Marosimda so'z olgan Farg'ona tumani hokimi o'rinbosari Ilhom Toshpo'latov, Bel olish va uch kurash associaciyasi bosh kotibi Nosir Azizovlar barcha sportchilarga musobaqada kuchli uchlikka kirishi uchun omad tilashdi.

Tadbir doirasida Farg'ona tuman hokimligiga Bel olish va uch kurash associaciyasi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirilgan bo'lsa, Bel olish va uch kurash bo'yicha Farg'ona viloyat hududiy associaciyasi tomonidan 2-3 aprel kunlari o'quv-seminarda ishtirok etgan hakamlar va murabbiylar uchun esdalik sovg'alari ulashildi.    

Reglamentga muvofiq, Bel olish va uch kurashning yaktakli yo'nalishi bo'yicha bellashuvlar 6 aprelga qadar davom etadi. 7 apreldan esa uch kurash bo'yicha musobaqaga start beriladi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing