So’nggi yangiliklar

18:39Асу Алмабаевнинг навбатдаги жанг санаси ва рақиби маълум қилинди, рақиб - собиқ даъвогар 0 18:17UFC 322 турнири учун дастлабки жанг анонс қилинди 0 17:50Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди 0 17:25"Агар кимдир Канелони мағлуб эта олса, бу Кроуфорд бўлади" - собиқ чемпион 0 17:01Шоҳасан Мирзаматовнинг навбатдаги жанг санаси маълум қилинди 0 16:38Украина бокс терма жамоаси Ливерпулдаги ЖЧга қўйилмаслиги мумкин 0 16:16Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди 0 15:55Илия Топуриянинг жамоадоши навбатдаги рақиб ва жанг санаси ҳақида маълумот берди 0 15:32WBO рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 15:11Қирғиз Республикасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби маълум: Мунарбек ҳам таркибда! 0 14:50Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди 0 14:29"Чимаевни мағлуб этадиган кимнидир кўрмаяпман" - UFC собиқ чемпиони 0 14:08Низомиддин Хайриддинов — Astana 2025 World Boccia вице-чемпиони! 0 13:47Пауло Коста: "Чимаев дю Плесси билан жанг қилишдан қўрқди" 0 13:26"Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда 0

27 sen 08:22
Yangiliklar

Futbol

FARQ. SHarhlovchilar qancha topadi?

Futbolda sharhlovchilarning o'rni bo'lakcha, ular o'yin jozibasiga futbolchilardan kam tasir qilishmaydi.

Bu yo'nalishni tanlagan kishi vaqti-vaqti bilan tanqid, haqoratlar yomg'iriga dosh berishi kerak. Har qancha xolis bo'lmang, mag'lub jamoa muxlislariga raqibdek ko'rinasiz. Ayni paytda xalq orasida mashhurlashib, minglab muxlislar orttirishingiz mumkin. Ko'pchilik sizning jonli efirlar orqali yaxshigina pul topishingizga ishonadi...

Aslida ham "kommentatorlik" serdaromad sohami? Bugun shu savolga turli mamlakatlar misolida javob topamiz. 

Rossiya Federaciyasi

Yaqindagina "MatchTV" xodimlarining oylik maoshlari elon qilindi. CHempionlar Ligasining oxirgi finalini rus tilida sharhlagan Georgiy CHerdancev 30 kunda 1,1 mln rubl (207 mln so'm) ishlab topar ekan. Telekanal sharhlovchilari orasida eng kam gonorar RPL bahslarida ishlaydigan Dmitriy Bajanovga tegishli (1200$).

Turkiya

Bu mamlakatda sport sharhlovchilarining oylik daromadi (o'rta hisobda) 1700-2000 dollar atrofida. Ammo telekanallarning reytingiga ko'ra bu raqam yuksalib boraveradi. Turkiyada futbol ekspertlari alohida qadrlanadi. Ular yiliga 2 mln dollargacha ishlab topishlari mumkin.

Angliya

Garri Linekerning BBCda faoliyat yuritishini bilasiz. Ingliz futboli afsonasi qatorasiga 5-yil telekanalning eng ko'p maosh oluvchi yulduziga aylandi — 1,36 mln funt. Kovid pandemiyasiga qadar uning yillik daromadi 1,75 mln funt edi.

Qozog'iston

Qo'shnilarimizning mashhur kommentatorlari o'yin boshiga beriladigan bonus va gonorarlardan tashqari oyiga o'rtacha 1000 dollar atrofida maosh olishadi.

Germaniya 

Nemis sharhlovchilari mundialning 1 o'yini uchun 3 ming evrogacha gonorar oladi. Telekanallarda ekspert sifatida faoliyat yuritadigan sobiq futbol yulduzlarining yillik daromadi 2 mln evro atrofida.

Amerika esa boshqalardan ancha oldinda. CBS Sports Radio'da faoliyat yuritadigan Jim Roum yiliga 30 mln dollar topadi.

O'zbekiston

Yuksak raqamlar bilan davom etamiz. Bizda eng mashhur sport sharhlovchilari 1ta o'yin uchun o'rtacha 18-27 dollar atrofida gonorar olishadi (So'mga chaqsak, 200-300 ming degani).

Holatni yaxshiroq tushunishingiz uchun solishtiramiz. Davron Fayziev yoki Xayrulla Hamidov 1 oyda 15ta top darajadagi uchrashuvda ishlagan taqdirda ham, CHerdancevga nisbatan 45 marta kamroq daromad qilishadi...

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing