16 avg 09:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Davron Fayziev: "Ro'ziboevni hali ro'yxatlardan chiqarishga shoshilmaslik kerak"
O'zbekistonlik taniqli sport jurnalist va sharhlovchi Davron Fayziev UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev haqida gapirdi.
"Nursulton Ro'ziboev hattoki imkoniyatni boy bergan jangida ham raqobatli sportchi ekanini ko'rsatdi. Xoakin Bakli ham bu jangdan keyin qanday o'sishga erishganini hamma ko'rdi. SHuning uchun Ro'ziboevni hali ro'yxatlardan chiqarishga shoshilmaslik kerak. U ham tajribali, ham iqtidorli va o'ziga ishonchi bor jangchi. Kurashi ham, "stoyka"si ham yaxshi. UFC'da yaxshi natija qayd eta oladi. Nursultonga bo'lajak janglarda omad tilayman", dedi Fayziev Olamsport.com muxbiri Sarvinoz Rahmonqulova bilan suhbatda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar