So’nggi yangiliklar

19:02"Мен қилган хатони сен такрорлама". Сен-Пьер Махачевга маслаҳат берди 0 18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0

24 fev 17:32
Yangiliklar

Dzyudo

FOTO Turkiya va Franciya birinchilardan bo'lib Toshkentga etib keldi. Tarkibda afsona bormi?

5-7 mart kunlari poytaxtimizdagi muhtasham, ko'p tarmoqli "Humo Arena" saroyida o'tkaziluvchi dzyudo bo'yicha Toshkent "Katta Dubulg'a" turniri ishtirokchilarining yurtimizga tashrifi boshlandi.

Birinchilardan bo'lib Turkiya va Franciya terma jamoalari Toshkentga etib kelishdi. O'zbekiston dzyudo federaciyasi xodimlari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida ikki mamlakat dzyudo delegaciyalarini kutib olishdi. Mehmonlar avvaldan tayyorlab qo'yilgan maxsus mehmonxonalarga joylashtirildi.   

Malumot uchun, 12 dzyudochi bilan Tel-Aviv "Katta Dubulg'a" turnirida ishtirok etgan Franciya terma jamoasi yakunda 3 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagan edi. Lekin faranglarning Toshkentga kelgan tarkibida katta o'zgarishlar bor. G'olib va sovrindor bo'lgan dzyudochilarning aksariyati 26-28 mart kunlari o'tkaziladigan Tbilisi "Katta Dubulg'a" turniriga tayyorgarlik ko'radi.     

Turkiya terma jamoasi tarkibi:

-60 kg: Salih Yildiz, Emirxan Karaman

-73 kg: Xalil CHimen 

-81 kg: Vedat Albayrak, Muhammad Koch

-90 kg: Mixael Zgank, Ahmed Kuxadar

-100 kg: Mert Sismanlar

+100 kg: Kemal Erdogan 

Murabbiylar - Irakli Uznadze, Salih Tufan Durmush, Serkan Yilli


Franciya terma jamoasi tarkibi:

-60 kg: Luka Mxeidze 

-66 kg: Kilian Le Blouch

-73 kg: Giyom CHeyn   

-81 kg: Aurelien Disse, Alfa Djalo 

-100 kg: Aleksandr Iddir 


Qizlar

-57 kg: Elen Resevo

+78 kg: Ann Fatumata M’Bero, Juliya Tolofua

Murabbiylar - Daniel Fernandes, Kristof Gagliano, Kristof Massina, Ben Larbi, Fabien Ulmer 

Malumot uchun, Franciya terma jamoasi ro'yxatda ko'rsatilgan 9 dzyudochi bilan Toshkent "Katta Dubulg'a" turnirida ishtirok etadi va ularning barchasi yurtimizga etib keldi. Turkiya terma jamoasi dzyudochilari - Mixrach Akkush (-60 kg), Mert Sismanlar (-100 kg), Gulkader Senturk (-48 kg), Irem Korkmaz (-52 kg), Ozlem Yildiz (-57 kg) keyinroq Toshkentga uchib kelishadi.     

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing