So’nggi yangiliklar

18:17"Кроуфорд фаолиятини тугатса, хурсанд бўлардим" - Рой Жонс 0 17:51Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди 0 17:26Сауль Альварес Теренс Кроуфордга ютқазганидан сўнг пост қолдирди 0 17:01Конор Макгрегор Ирландия президенти бўлиш учун курашдан чиққанини маълум қилди 0 16:38АҚШдаги ўзбек спортчиси — Муродбек Чориев навбатдаги ғалабасини қўлга киритди 0 16:16Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди 0 15:41"Умид қиламанки, жанг бўлади". Топурия Кроуфорд билан жанг истагида 0 15:19Турки аш Шайх Кроуфорднинг кейинги рақиби ким бўлишига шаъма қилди 0 14:54Сауль Альварес 2018 йилдан бери илк бор чемпионлик камарисиз қолди 0 14:30Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади 0 14:09Теренс Кроуфорд: "Мен энди бокснинг юзиман" 0 13:48Эшкак эшувчиларимиз Москвадаги турнирда 9 та медал жамғаришди 0 13:27Баҳодир Жалолов: "Сен биз учун чемпионсан" (ФОТО) 0 13:06"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади 0 12:45Жаҳон чемпионатига тайёргарлик кўраётган пара сузувчиларимиз машғулотларнинг сўнгги босқичини ўтказмоқда 0

10 iyu 16:54
Yangiliklar

Boks/MMA

G'ofur Rahimov O'zbekistondagi ilk promouterlik kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi

O'zbekiston professional boks federaciyasi raisi o'rinbosari G'ofur Rahimov "Favzul Munavvar" promouterlik klubi vakillarini qabul qildi.

Malumki, "Favzul Munavvar" yurtimizda faoliyatini boshlagan ilk promouterlik klublaridan biri hisoblanadi. O'tgan asrning 90-yillari oxirida tashkil etilgan ushbu kompaniya bugungi kunda ham jadal suratlarda faoliyatini davom ettirmoqda. 

O'z vaqtida ushbu kompaniya tomonidan Bekobodda tashkil etilgan professional boks oqshomiga o'zining soch turmagi bilan tanilgan mutlaq jahon chempioni Konstantin Czyu faxriy mehmon sifatida tashrif buyurgan edi.

"Ushbu promouterlik kompaniyasi tashkil etilganida o'zim birinchilardan bo'lib oq fotiha bergan edim. Yurtimizda bu kabi kompaniya va klublar qanchalik ko'p bo'lsa, O'zbekiston professional bokschi shunchalik rivojlanib boraveradi. Faqat ular orasida sog'lom raqobat bo'lishi kerak", - dedi G'ofur Rahimov.  

Uchrashuv so'nggida G'ofur Ahmedovich "Favzul Munavvar" promouterlik kompaniyasining rejalari bilan tanishdi. Reja bo'yicha ushbu kompaniya bokschilari iyul, avgust va sentyabr oylarida Koreya Respublikasi hamda Yaponiyada tashkil etiladigan professional boks kechalarida o'z janglarini o'tkazishadi.  

Darvoqe, mintaqaviy WBC kamari sohibi bo'lib turgan bokschimiz Jahongir Rasulov o'z kamarini G'ofur Rahimovga sovg'a qildi. U yaqinda Avstraliyaning Melburn shahrida o'tkazilgan boks kechasining markaziy jangida filippinlik Jan Rik Karsedoni ikkinchi raunddayoq mag'lub etgan edi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing