15 sen 12:24
Yangiliklar
Sport kurashlari

Jahon chempionatida bugundan Umidjon Jalolov va Layloxon Sobirovaning ishtiroki boshlanadi, G'ulomjon Abdullaev bronza uchun kurashadi
SHu kunlarda Zagrebda (Xorvatiya) sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Kecha turnirning ikkinchi kunida G'ulomjon Abdullaev (57 kg) yarim finalga qadar etib borib, imkoniyatni boy bergandi. U bugun bronza medali yo'lida gilamga chiqadi.
Bundan tashqari, yana bir hamyurtimiz — Mirzo Hayitov (74 kg) ilk bosqichda gruziyalik Giorgi Elkabidzega mag'lub bo'ldi.
Bugun JCHning uchinchi kunida yana ikki atletimiz o'z yurishini boshlaydi:
65 kg: Umidjon Jalolov — Nino Lyotert (SHveycariya)
59 kg: Layloxon Sobirova — Nadejda Bulanaya (Neytral maqomdagi sportchi).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar