14 sen 13:42
Yangiliklar
Sport kurashlari

Jahon chempionati: bugun G'ulomjon Abdullaev va Mirzo Hayitov medallar yo'lida bahsga kirishadi
Xorvatiyaning Zagreb shahrida start olgan sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlari bo'lib o'tadi.
Kecha musobaqaning dastlabki kunidan o'rin olgan bahslarida Begijon Qo'ldashev va Hasanboy Rahimov gilamga ko'tarilgandi va ikkinchi bosqichda imkoniyatni boy berishgandi. Biroq Rahimov mag'lub bo'lgan ozarbayjonlik kurashchi final bosqichiga yo'l olgani tufayli hamyurtimizda o'tish bosqichida ishtirok etish imkoni paydo bo'lgandi.
Biroz oldin Hasanboy o'tish bosqichida Vlagislav Baychaev bilan to'qnash keldi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Kun davomida yana ikki nafar yurtdoshimiz — G'ulomjon Abdullaev hamda Mirzo Hayitovning chiqishi kutib turibdi.
Saralash:
-57 kg: G'ulomjon Abdullaev — Salah Kateb (Jazoir)
-74 kg: Mirzo Hayitov — Giorgi Elkabidze (Gruziya).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar