So’nggi yangiliklar

14:43Йоэль Ромеро қўлқопсиз жангларида дебют қилди 0 14:22Ўн бир нафар дзюдочимиз Осиё чемпионатининг медаллари учун татамига чиқади 0 14:01Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин 0 13:40Иноуэ тарозида Муроджондан оғирроқ тош босди 0 13:19Дэвис Кубоги: Гонконг — Ўзбекистон баҳсининг биринчи кунидан кейин тенглик 0 12:58Икки карра Олимпиада чемпиони Арлен Лопес проф боксдаги 6-жангини ўтказди 0 12:37"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди 0 12:16Спорт курашлари бўйича жаҳон чемпионати старт олмоқда. Бугун икки эркин курашчимиз иштирокимизни бошлайди 0 11:55Ботир Аҳмедов Наоя Иноуэ қандай ҳолатда Аҳмадалиевга ютқазиши мумкинлигини айтди 0 11:34Grand Swiss 2025. Абдусатторов чемпионлик учун курашяпти, Гукеш 82-ўринга тушиб кетди 0 11:13Микель Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди" 0 10:52Бугун Фазлиддин жаҳон чемпионлиги, қолган 5 боксчимиз финал чиптаси учун рингга чиқади 0 10:31Арман Царукян бир ҳафтадан кейин жанг қилади, рақиб маълум 0 10:10Спорт федерацияларининг Олимпия шаҳарчасидаги жойлашуви муҳокама қилинди 0 09:49Легионерлар: Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса... 0

11 sen 11:02
Yangiliklar

SHaxmat

Grand Swiss 2025. Bir kunlik dam olishdan so'ng bugun 7-tur bahslari o'tkaziladi. Nodirbeklarni jiddiy sinov kutmoqda

Samarqand shahri mezbonligida o'tayotgan umumiy mukofot jamg'armasi 855 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi FIDE Grand Swiss 2025 nufuzli musobaqasida kecha dam olish kuni edi.

Bugun bir kunlik tanaffusdan so'ng 7-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Nodirbek Abdusattorov (2748) oq donalarda o'zi singari 4 ochkoga ega bo'lib turgan eronlik Amin Tabatabayi (2673)ga qarshi bahs olib boradi. Nodirbek Yakubboev (2681) esa qora donalarda franciyalik nomdor shaxmatchi Alireza Firuzja (2754) sinovidan o'tadi. Har ikki grossmeyster 4 ochkodan jamg'arishgan. 

Musobaqani biroz omadsiz o'tkazayotgan Javohir Sindarov (2722) oq donalarda armanistonlik Robert Hovanisyan (2629) bilan hisob-kitob qiladi. SHaxmatchilar hisobida 3 ochkodan bor. Turnir jadvalida 5 ochko bilan yakka peshqadamlik qilayotgan eronlik Parham Maqsudlu (2692) bugun qora donalarda hindistonlik Nihal Sarin (2693) bilan o'ynaydi. 

WOMENS, yani ayollar guruhida hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi natijaga erishib turgan birinchi raqamli shaxmatchi-qizimiz Afruza Hamdamova (2409) bugun 7-turda qora donalarda 15-Jahon chempioni, ukrainalik grossmeyster Mariya Muzichuk (2484)ka qarshi bahs olib boradi. Har ikki shaxmatchi hisobida 4 ochkodan bor. Gulruhbegim Tohirjonova (2372) o'zi singari 2,5 ochkoga ega polshalik Oliviya Kiolbasa (2405) bilan to'qnash keladi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing