So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

17 okt 08:21
Yangiliklar

Dzyudo

Gulchehra Hasanova: "Sog'lom ovqatlanish deganda dieta qilishni tushunmaslik kerak"

SHubhasiz, ikki soha, yani sport shifokorlari va dietologlarning atletlarimiz erishayotgan muvaffaqiyatida xissasi hamda xizmati katta.

Bejizga sporti taraqqiy etgan mamlakatlar bu yo'nalishga alohida etibor qaratmaydi. Bizning federaciya va klublarimiz ham taraqqiyotdan ortda qolmaslik uchun jahon tajribasiga murojaat qilishyapti. Suhbatdoshimiz O'zbekiston dzyudo federaciyasi dietologi Gulchehra Hasanova. 

- Sportda dietologlarning o'rni va roli oshib boryapti. Natijalarning ijobiy bo'lishida siz va hamkasblaringizning xissasi ham katta. SHunday emasmi?

- Bilasizmi, biz murabbiylar bilan bir tilda gaplashishimiz kerak. Aks holda natija ijobiy bo'lmaydi. SHuningdek, sport nutriciologiyasini laboratoriya va funkcional diagnostikasiz tasavvur qilish qiyin. Bularsiz sportchiga hech narsa tavsiya qila olmaymiz. Foydali koeficentlarni ham aniqlab bo'lmaydi. O'quv kursida shu hamda boshqa qiziqarli va dolzarb mavzular haqida so'z bordi. 

- O'zbekistonni Evropa davlatlari bilan taqqoslaganda, qanday yangilik va shu bilan birga ustunliklar bor?

- Bizdan farqli jihati shundaki, Evropada laborator diagnostikaga juda katta etibor qaratiladi. Evropadan keltirilgan jihozlar yordamida sportchilardan o'ta aniq taxlil olinib, shunga monand tarzda tashxis qo'yiladi. Keyin biologik faol qo'shimchalardan samarali foydalanishadi. Bizdan yana bir farqli tomoni, taomlar tayyorlashda asosan tovuq va baliq go'shti ishlatiladi. Mol va qo'y go'shtini deyarli istemol qilishmaydi. Dengiz mahsulotlari juda ko'p va keng assortimentda ekaniga guvoh bo'ldim.

- Tovuq va baliq go'shtidagi kaloriya mol va qo'y go'shtidagi kaloriyadan kuchliroqmi?

- Yo'q. Kaloriya jihatdan mol va qo'y go'shti kuchli va to'yimli hisoblanadi. Biroq ular nisbatan qiyinroq hazm bo'ladi. Baliq go'shtining esa foydali tomonlari ko'proq deb o'ylayman. CHunki, dengiz balig'i omega-3 singari foydali moddalarga juda boy. Dzyudo sport yakkakurashlari oilasiga mansub bo'lgani uchun o'rtacha 5000-6000 kilokaloriya (kkal)ga mo'ljallab taomnoma tayyorlash kerak. 

- Bugungi kunda sohangizda nimaga ko'proq etibor qaratish kerak deb hisoblaysiz?

- Hozirda individual taomnoma tuzish o'ta aktual, yani dolzarb masala. Bunga Milliy olimpiya qo'mitasi tashabbusi hamda Sport tibbiyoti markazi bilan hamkorlikda genetik qon tahliliga ko'ra licenziyaga ega bo'lgan sportchilarga individual taomnoma tuzish ustida ish olib boryapmiz. Bugungi kunda sog'lom ovqatlanishni nafaqat sportchilar, balki barchaga birdek tadbiq etish kerak. Faqat shundagina qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, kamqonlik kabi juda ko'p xastaliklarning oldi olingan bo'ladi. Sog'lom ovqatlanish deganda xalqimiz ko'pincha dieta qilish tushunchasini tushunadi. Bu noto'g'ri. Bunda racional ovqatlanishni tushunish kerak.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing