So’nggi yangiliklar

19:01"Tashkent Select" молиявий қийинчиликлар туфайли Қозоғистон кубогини ўтказиб юбориши мумкин 0 18:35Мадримовнинг вазнидаги чемпион бошқа вазнга ўтиш ниятида 0 18:10Оғир атлетикачиларимиз Руслан Нурудинов, Акбар Жўраев каби спортчилар билан юлдузли таркибда Туркияга йўл олди 0 17:39Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди 0 17:17Тони Фергюсон проф боксдаги дебют жангини Манчестер шаҳрида блогерга қарши ўтказади 0 16:55Ҳумоюн Султонов Пособлонко Челленжерини нимчорак финал босқичидаёқ якунлади 0 16:28Ҳамюртимиз UAE Warriors 61 турнирида жанг қилади (ПОСТЕР) 0 16:05МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди 0 15:38Дастин Порье Холлоуэйга қарши жанг олдидан ажойиб жисмоний формада эканини кўрсатди 0 15:15Лос-Анжелес-2028 Олимпиадаси 12 июль санасида бошланади — ХОҚ 0 14:39Жон Жонс Оқ уйда бўладиган турнирда қатнашмоқчи эканлигини тасдиқлади 0 14:17МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди 0 13:54Порье Махачев - Топурия эҳтимолий жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:28Терма жамоамиз "Корея Опен" мусобақасини 7 та медаль билан якунлади 0 13:05Дюбуа Усикка қарши жанг олдидан: "Ўзимни енгилмасдек ҳис қиляпман" 0

18 dek 12:20
Yangiliklar

Boks/MMA

Hasanboy Do'smatov 12 raundga tayyorligi, chempionlik jangi, Osiyo o'yinlari va boshqa mavzular haqida gapirdi

Teglar :  Hasanboy Do'smatov
Bokschimiz Hasanboy Do'smatov kechagi g'alabasidan so'ng bir necha mavzuda o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ushbu jangni uzoq vaqtdan beri kutgandim. O'zbekistonda yurtoshlarimizga xursandchilik ulashishni maqsad qilgandim, shukr ikkinchi marta bu niyatimga erishdim.  Bunga sharoit yaratib bergan barchaga rahmat aytaman. 

Agar jarohati bo'lmaganida jangni to'liq o'tkazishga kuchi etardi. U tajribali raqib. Mag'lub bo'lgan raqiblari ro'yxatiga nazar tashlasak ham, ular kuchli bokschilar edi. 

Menejerlarim keyingi jangimni jahon chempionligi kamari uchun tashkil etishni vada qilishgan. Buni judayam kutyapman. 12 raundlik jangga tayyorman. Umid qilamanki, keyingi jangim chempionlik uchun bo'ladi. Biroq bu faqat o'zimga bog'liq emas. Tailandlik raqibim rozi bo'lsa, mart-aprel oyiga qadar ko'p narsaga oydinlik kiritiladi.

Havaskor boks? Jahon chempionatiga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik, ammo nasib qilmagan ekan. Peshonada yozilgani bo'ladi. Oldinda Osiyo o'yinlari ham turibdi. SHuningdek, Toshkent mezbonlik qiladigan jahon chempionati ham bor. Agar prof boksda chempionlik kamarini qo'lga kiritsam, Osiyo o'yinlari va jahon chempionatlarida ishtirok eta olmayman",-dedi Hasanboy Do'smatov.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing