17 iyu 13:28
Yangiliklar

Terma jamoamiz "Koreya Open" musobaqasini 7 ta medal bilan yakunladi
Kecha musobaqaning so'nggi, ikkinchi kuni doirasida erkaklar 63 kg, 68 kg, 74 kg va 87 kg, ayollar esa 57 kg, 67 kg hamda +73 kg vazn toifalarida bahs olib borishdi. Kun davomida jami 9 nafar vakilimiz janglarda ishtirok etdi. Yakunda SHuhrat Salaev (87 kg), Yodgor Jo'raboev (87 kg), Nazarali Nazarov (63 kg), Diyorbek To'xliboev (68 kg) va Svetlana Osipova (+73 kg) jamoamiz hisobiga navbatdagi medallarni qo'shishdi.
Oltin:
SHuhrat Salaev (87 kg).
Kumush:
Nazarali Nazarov (63 kg)
Yodgorbek Jo'raboev (87 kg)
Svetlana Osipova (+73 kg).
Bronza:
Diyorbek To'xliboev (68 kg).
SHu tariqa, milliy terma jamoamiz nufuzli “Koreya Open” xalqaro turnirini 1 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 7 ta medal bilan yakunladi.
Fikrlar