17 iyu 16:55
Yangiliklar
Tennis

Humoyun Sultonov Posoblonko CHellenjerini nimchorak final bosqichidayoq yakunladi
SHu kunlarda Ispaniyaning Kordova provinciyasi, Posoblanko shahrida tennis bo'yicha ATP CHellenjer tasnifiga kiruvchi xalqaro turnir o'tkazilmoqda.
Musobaqada O'zbekistonning birinchi raqamli raketka ustasi Humoyun Sultonov ham o'z omadini sinovdan o'tkazayotgandi.
Hamyurtimiz dastlabki bosqich doirasida gruziyalik Saba Purceladzeni 2:1 (3/6, 7/6, 7/6) hisobida taslim etgandi. Purceladze ATP reytingida 254-o'rinni band etib turibdi.
SHunday bo'lsa-da, Sultonov chorak final yo'lidagi bellashuvda Portugaliya vakili Tiago Pereyraga ortiqcha qarshiliksiz mag'lub bo'ldi — 0:2 (1/6, 1/6).
Taqqoslash uchun, ayni damda Humoyun ATP reytingida 265, Pereyra esa 320-o'rinda qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar