So’nggi yangiliklar

18:00Исроил Мадримов қозоғистонлик бокс юлдузига қарши жанг қилишга тайёр 0 17:38Ситора Турдибекова ЖЧ чорак финалига йўл олди 0 17:31"Мен нафақага чиқмадим" - Жон Жонс UFC'даги мақсади ҳақида гапирди 0 17:10U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди 0 16:49Феруза Казакова бразилиялик рақибасини мағлубиятга учратиб, ЖЧ чорак финалига йўл олди 0 16:33Нодирбек Абдусатторов 8 соатлик ўйин ўтказди. Самарқандда ўтказилаётган турнирда вазият қандай? 0 16:16"Чимаев билан жангни қўлдан бой бермайман. Менга аутсайдер мақоми ёқади" - Имавов 0 15:52Махачев Делла Маддалена қай томонлама хавфли рақиб эканлигини айтди 0 15:26Хабиб катта пул ваъда қилинган бўлсада, Мейвезер билан жанг қилишдан бош тортган экан 0 15:01Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди 0 14:38Кроуфорд ва Канело жанги учун гонорарлар маълум қилинди 0 14:16Қозоғистон Ливерпулдаги ЖЧда учинчи йўқотишга учради 0 13:51Махачев Топурия билан жанг учун асосий шартини айтди 0 13:27Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди 0 13:06Саиджамшид Жафаров Жаҳон чемпионатидаги юришини давом эттирмоқда 0

06 jan 19:55
Yangiliklar

Kurash, Dzyudo, Og'ir atletika, Taekvondo, Futbol

II MDH o'yinlari sportning 21 turi bo'yicha o'tkaziladi

MDHga azo davlatlar vakillari Hamdo'stlik mamlakatlari II o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha ishchi guruhi yig'ilishida musobaqa Nizomini tasdiqladilar.

MDH Ijroiya qo'mitasi matbuot xizmati xabariga ko'ra, II MDH o'yinlari 4-14-avgust kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Musobaqa dasturidan ko'plab sport turlari o'rin olgan. O'yinlar koncepciyasi Belarusning 11 shahrida sportning 21 turi bo'yicha tadbirlar o'tkazilishini nazarda tutadi. 

Xususan, turnir bahslari Minsk, Borisov, Brest, Vitebsk, Gomel, Grodno, Jlobin, Mogilyov, Molodechno, Orsha va Soligorsk shaharlarida o'tkaziladi.

MDH o'yinlarda 3 mingga yaqin sportchi, murabbiylar, hakamlar, tibbiyot xodimlari va boshqalar ishtirok etishi kutilmoqda. O'yinlarda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston sport delegaciyalari ishtirok etishi rejalashtirilgan. 

Mo'g'uliston, Xitoy, Kuba, Eron, O'mon, Saudiya Arabistoni delegaciyalarining ayrim sport turlarida ishtirok etish masalalari ishlab chiqilmoqda.

II MDH o'yinlari 2021-yilning 4–11-sentyabr kunlari Qozon shahrida bo'lib o'tgan edi. Musobaqada MDHning 9 davlati – Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va O'zbekiston terma jamoalaridan 1000 nafardan ortiq sportchi ishtirok etgan. Ishtirokchilar sportning 16 turi bo'yicha 181 ta medallar jamlanmasi uchun o'zaro musobaqalashgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing