09 sen 13:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Maxachev Topuriya bilan jang uchun asosiy shartini aytdi
Engil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Islam Maxachev yaxshi moliyaviy taklif tushgan taqdirda, amaldagi chempion Iliya Topuriya bilan oktagonni bo'lishishga tayyorligini aytdi.
"Bu borada shov-shuv ko'tarmoqchi emasman. Meni qiyin jang kutyapti - shundan keyin nima bo'lishini ko'ramiz. Muzokaralar bor, odamlar qiziqishyapti. Yaxshi taklif bo'lsa, bu jangni ko'ramiz", dedi Maxachev.
Eslatib o'tamiz, Islam 16 noyabr kuni Nyu-Yorkda (AQSH) tashkil etiladigan UFC 322 turnirining asosiy jangida yarim o'rta vazn toifasi chempioni Jek Della Maddalena bilan uchrashadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar