So’nggi yangiliklar

19:15Расман: Саудия Арабистони чемпионати афсонаси "Ал Ҳилол"да ўйнайди 0 18:52Турки аш Шайх Тайсон Фьюри 2026 йилда профессионал рингга қайтишни айтди 0 18:25Диёра Келдиёрова IJF Атлетлар комиссияси аъзолигига сайланди! 0 18:02Арман Царукян Илия Топурияга мурожаат қилди 0 17:39Роналду Диогу Жотанинг фожиали вафотига муносабат билдирди 0 17:17Мавлонбек Миркомиловнинг кейинги рақиби ҳамда жанг санаси эълон қилинди 0 16:55"Осон пуллар". Царукян — Гэтжи ва Пимблетт билан жанглар ҳақида гапирди 0 16:32Ўзбекистон спорти раҳбарлари Қозоғистон МОҚ раҳбари Геннадий Головкин ва бошқалар билан учрашди (ФОТО) 0 16:16"Диогу ва Андренинг шахсий дахлсизлиги ҳурмат қилинишини истайди" — "Ливерпуль" футбол клуби 0 15:55Тайсон Фьюри 2026 йилда Усик билан учинчи жанг бўлишини айтди 0 15:34Шаҳрам Ғиёсов WBA вақтинчалик камари учун жанг қилади, рақиб маълум — манба 0 15:13Уимблдон. Элина Свитолина учинчи даврада 0 14:52"Фенербахче" Асенсио учун ПСЖга 15 млн евро таклиф қилди 0 14:31Феруза Казакова Жаҳон кубоги ярим финалига йўл олди 0 14:10Аслида Шоҳжаҳон Эргашев рингга чиқиши керак бўлган Ованес Бачков иштирокидаги жанг 9-раундда тўхтатилди 0

22 sen 07:02
Yangiliklar

Velosport

Ilk marotaba o'tkazilayotgan "Onlayn velopoyga"da faol ishtirok eting!

Mamlakatimizda karantin talablari yumshatilishi munosabati bilan sport olamida ham ananaviy hamda onlayn musobaqalar tashkillashtirilmoqda.

Ana shunday musobaqalardan yana biri O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi tomonidan o'tkazilayotgan “Onlayn velopoyga” musobaqasidir. Ushbu musobaqani o'tkazishdan ko'zda tutilgan maqsad, avvalo, aholi salomatligini mustahkamlash, ularni jismoniy chiniqtirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishdan iborat.

Onlayn velopoygada o'zingizga qulay bo'lgan sharoitda, istalgan vaqtda ishtirok etishingiz mumkin. Mazkur onlayn musobaqaning ishtirokchisiga aylanishingiz uchun www.yoshlarsport.com saytidan ro'yxatdan o'tkazishingiz kerak. So'ngra sizning elektron manzilingizga virtual VIB-raqamingiz hamda kerakli ilovalarga havolalar kelib tushadi.

Onlayn velopoygada ishtirok etish uchun velosiped yoki velotrenajyorda bosib o'tgan masofangiz natijasini qayd etib borishingiz kerak. Ularni tasvirga tushirib, mobil ilova va sport gadjetlari orqali saytga yuborishingiz lozim. SHuningdek, shaxsiy Instagram sahifangiz orqali  #minsport #cyclinguz #ProRun xeshtegidan foydalangan holda, o'z natijalaringizni Instagram ijtimoiy tarmog'iga joylab, turnir ishtirokchisiga aylanishingiz mumkin.

Natijalarni ro'yxatdan o'tkazish va qayta ishlash 21-26 sentyabr kunlari sayt orqali amalga oshiriladi. 2020 yil 31 dekabrgacha har bir bosqich yakuniga ko'ra, har shanba kuni soat 20:00da tanlovning barcha shartlarini bajargan ishtirokchilar orasida sovrinlar o'ynaladi. G'olib Instagramning prorun.uz sahifasidagi randomizer vositasida bevosita efir orqali aniqlanadi.

Musobaqa g'oliblari va ishtirokchilari O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston velosiped sporti federaciyasining sovrinli yutuqlariga ega bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing