So’nggi yangiliklar

18:48Икки нафар енгил атлетикачимиз Осиё чемпионатида совриндор бўлди 0 18:27"Челси" учинчи либосини тақдим этди + ФОТО 0 18:06Уокер Анкалаевдан реванш олишни илинжида 0 17:45Энг ёш UFC жангчиси Рауль Росас UFC Noche турнирида ўзидан деярли 20 ёш катта рақибга қарши октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 17:24Руслан Абдуллаев ўзининг WBA камарини қабул қилиб олди (ВИДЕО) 0 17:03"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди 0 16:42Нодирбек Якуббоев Польшадаги нуфузли турнирда пешқадамлик қилмоқда 0 16:21Чимаев навбатдаги рақиби ким бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:00Александр Усик: "У мен билан жангга тайёр. Мен-чи?" 0 15:39Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари сабаб Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда 0 15:33Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби аниқ...ми? (ФОТО) 0 15:18Хабиб Нурмагомедов UFC’нинг 40 млн долларлик таклифини рад этди 0 14:57Олимпиада чемпиони Иман Хелиф гендер можаролари туфайли фаолиятини якунлади 0 14:36U-16 Бутунжаҳон Ўсмирлар Олимпиадасида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди 0 14:15Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум 0

13 iyu 13:35
Yangiliklar

Boks/MMA

Isroil Madrimov Soro bilan jang, keyingi rejalari va oila qurayotgani haqida gapirdi

Teglar :  Isroil Madrimov
Xabaringiz bor, proffesional bokschimiz Isroil Madrimov 9 iyul kuni Londonda franciyalik Mishel Soroga qarshi WBA Eliminator revansh jangini o'tkazdi.

Bugun tongda bokschimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. SHundan so'ng, Isroil Madrimov Soroga qarshi jang va kelgusi rejalar haqida fikrlarini bildirib o'tdi:

"Durang natija bo'lishini hech kim kutmagandi, bunaqa holat sportchilarimiz orasida ham, o'zimni faoliyatimda ham birinchi marotaba kuzatilmoqda. Professional boksda mana shunday qoida bor va bunday holat texnik durang deya hisoblanadi.

Ammo men xursandman. Nega? Sababi birinchi jangimdan ko'ra men ancha tajriba yig'ib olgan edim va ikki raund tushgan bo'lsam ham o'zimga ishonch bilan harakat qildim. Xudo xohlasa, kutib qolamiz WBA yo'nalishida chempionlik jangiga imkoniyat berishsa, yaxshi bo'lardi. 

Bu jangga to'rt oy davomida tayyorgarlik ko'rgandik va 12 raundlik jangga tayyor edim. Ikkinchi raunddan keyin imkoniyat men tarafda edi, shuning uchun keyingi yoki undan keyingi raundda jang yakunlanishi ham mumkin edi. Xudo xohlasa, qarorni kutamiz va tajribamni oshirib, chempionlik uchun harakat qilaman. 

Soro bilan keyingi jang ehtimoli haqida...

"Endi bu narsani aniq ayta olmayman. CHunki bu WBA yo'nalishidagilarga bog'liq, lekin iloji boricha chempionlik jangiga harakat qilsak kerak deb o'ylayman. Sababi bu narsani cho'zib bo'lmaydi. Boshqa yo'nalishlarda talabgorlarning borligi tufayli, oraliq vaqt juda uzoq bo'lib ketadi deb bilaman".

SHuningdek, Isroil Madrimov oila qurayotganini tasdiqladi:

"InshaAllah yaqin kunlarda to'y harakatlarini boshlaymiz. Uylanish vaqti keldi, umrni qolgan qismini jufti halolim bilan chiroyli davom ettirish niyatidaman", - dedi Madrimov. 

 Olamsportcom tahririyati Isroil Madrimovga baxt tilab qoladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing