12 avg 11:02
Yangiliklar

G'iyosovning vaznidagi chempion Ennis Madrimovning divizioniga o'tdi. Uning ilk jangi ham tasdiqlandi + POSTER
Sodda tilda aytganda, Jeyron SHahram G'iyosovning vaznidan Isroil Madrimovning divizioniga ko'tarildi. Amerikalik charm qo'lqop ustasi kamarini vakant qoldirib, og'irroq vaznda o'zini sinab ko'rishga qaror qilgan.
Uning birinchi o'rta vazndagi debyut jangi 11 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. U shu kuni angolalik Uisma Limaga qarshi ringga ko'tariladi. Afrikalik 32 yoshli bokschi prof ringda 15 ta jang o'tkazib, 14 g'alaba (10 tasi muddatidan avval)ga erishgan. Yagona mag'lubiyatini 2023 yilda irlandiyalik Aaron Makkenada qabul qilib olgan.
Turki al ash-SHeyxga tegishli The Ring jurnalining xabar berishicha, ushbu jang WBA kamari uchun davogarlik maqomida bo'ladi. Ennis ayni paytda WBA reytingida 2, Lima esa 10-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar